So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  2 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Ulug'bek Bakaev: "Hujumchilar muammosi? Bunga 3 ta sababni keltirgan bo'lardim" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Hujumchilar muammosi? Bunga 3 ta sababni keltirgan bo'lardim"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Maydonda ikki yaxshi jamoa to'qnash keldi. O'zingiz ko'rdingiz, birinchi bo'limda bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda nimadir o'xshadi yoki yo'q. Bu - futbol. Yigitlarga borlarini bergani uchun rahmat aytaman. Unutmaslik kerakki, "Buxoro" barcha uchrashuvlarni safarda o'tkazmoqda. "Bunyodkor"da mezbon maqomida bo'lsakda o'z maydonimiz emas",- deydi Ulug'bek Bakaev. 

- "Do'stlik" bilan o'yinni hisobga olmaganda qolgan uchrashuvlarda jamoa gol urishga qiynalmoqda. Bu shunchaki vaziyatlardan foydalana olmaslikmi yoki hujumchilarning saviyasimi?

- Futbolchilar bugun birinchi bo'limning o'zida 3-4 ta yaxshi vaziyatlar yaratishdi. Hamma vaziyatlarda ham gol urishning iloji yo'q. 

- Hujumchilar muammosi Pro ligada ham bor. Superligada aytmasa ham bo'ladi. Vaqtida o'zingiz hujumchi bo'lgansiz. Bugungi forvardlar muammosining sababi nimada? 

- Birinchidan darvoza oldida vaziyatlarni golga aylantirish, hujumchilar ustida kam ishlanmoqda. Ikkinchidan sovuqqonlikning etishmasligi. Uchinchisi futbolimiz o'sganligi. O'yinlar qiziqarli o'tmoqda. Jamoalar himoyalanishni yaxshi o'rganishdi. Aynan himoyalanishda futbolchilarning mahorati o'sdi deya olaman. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика