Ulug'bek Bakaev: "Birinchi bo'limda bizda hech narsa o'xshamadi"
12 apr 20:53
Yangiliklar


Ulug'bek Bakaev: "Birinchi bo'limda bizda hech narsa o'xshamadi"
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Birinchi bo'limda bizda hech narsa o'xshamadi. Yomon o'ynab yutqazish mumkin, lekin bundan farqli. Ikkinchi bo'limda hujumkorlikka intildik. Biroq, bugun bizning kunimiz emas ekan. "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Hohish, ishtiyoq ularda yuqoriroqdek ko'rindi.
- Birinchi bo'limning o'zida ikkita almashtirishni amalga oshirdingiz. Bu asosiy tarkibni tanlashdagi xatolik bilan bog'liqmi?
- Birinchi bo'limda raqib ko'proq urg'u berayotgan va xatolar kuzatilayotgan chiziqlarda o'zgarishlar qildik. Bu o'zgarishlar ikkinchi bo'limni ham ko'zlab amalga oshirildi.
- Ko'p vaziyatlarda hakamlikdan norozi ekandek ko'rindingiz ...
- Yo'q, bu o'yin emociyalari bilan bog'liq. Menda hakamlik yuzasidan etiroz yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar