So’nggi yangiliklar

07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2

Uli Xyoness: "Xasan murabbiy ishini uddalay olmayotganidan havotir olayotganini aytgandi" Yangiliklar

Uli Xyoness: "Xasan murabbiy ishini uddalay olmayotganidan havotir olayotganini aytgandi"

"Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness bir qator masalalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.

"Niko Kovachga juda katta shubha bilan qarashdi. Sport direktorimiz Xasan Salixamidjich murabbiy ishni juda yaxshi uddalay olmayotganidan havotir olayotganini aytgandi. Lekin jamoa mana yana chempionatda etakchilar qatoriga kirib oldi. Germaniya Kubogidagi ishlar joyida. ECHLda esa chorak finalga yo'l olish uchun yaxshi imkoniyat saqlanib turibdi. "Liverpul" bilan safarda yomon natija qayd etmadik", - deydi klub prezidenti Uli Xyoness.

Uli Xyoness shuningdek jamoadan ketgan yarim himoyachi Sebastyan Rudi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Biz uni jamoada qolishini istagandi. Biroq futbolchi doimo asosiy tarkibda o'ynashni istadi. SHu boisdan ham futbolchi "Leypcig" va "SHalke" bilan bog'landi. Agarda Rudi jamoada qolganida biz bundan xursand bo'lardik".


Rafinyaga zaxira haqida: "Pavar JCHda o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynadi va g'olibga aylandi. Agarda biz Ernandesni qo'lga kiritsak, unda ajoyib chap qanot himoyachisiga ega bo'lamiz".

Uli Xyoness Pavar transferi hal etilganiga qaramasdan himoyachilar borasidagi selekciya davom ettirilishini malum qildi:
"Transferlar hozirda juda qimmatga amalga oshmoqda. SHu boisdan ham biz yozgacha tangama-tanga pul yig'dik. Ernandes uchun 80 million? Agarda shunday futbolchini qo'lga kiritish imkoniyati tug'ilsa, unda qancha kerak bo'lsa o'sha mablag'ni to'lab berishga tayyormiz".

Xames Rodrigezning taqdiri haqida:
"Hammasi murabbiyga bog'liq. Agarda Kovach Xamesni maqtab, lekin unga o'yin amaliyotini taqdim etmasa, unda men maydonga tushmaydigan futbolchi uchun 40 million pulni sarflamayman. Agarda murabbiy bu futbolchi menga kerak, Xames rejalarimda o'z o'rniga ega futbolchi desa, unda Xamesni to'liq sotib olaman. Gap faqat pulda emas. Siz transfer bozorida 500 million evrocha sarflashingiz mumkin. Lekin murabbiy o'sha futbolchilar xizmatidan foydalanmasa buni kimga keragi bor? Masalan Mourinyu ham "Manchester Yunayted"da transferlar uchun juda ko'p pul sarfladi. Lekin yakunda hech nimaga erishmadi. Men klubda futbolchilarni o'sishini istayman. Ular esa futboldagi o'qituvchilari orqali o'sishga erishishlari mumkin. Klublar juda katta pullar evaziga yollanma futbolchilarni sotib olishadi. Bizda esa sidqidildan "Bavariya" uchun yuragi yonib o'ynagan va ECHLni yutgan futbolchilar bor. Parijda ham bunga qodir futbolchilar bormi yoki yo'q, ochig'i bilmadim".

"Bavariya" akademiyasi haqida:
"Akademiyamizda 3-4 nafar juda yaxshi iqtidorli futbolchilar shug'ullanishmoqda. Ishonamanki, ular yaqin yillar ichida asosiy tarkibda ko'rinish berishadi".

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика