Uli Xyoness: "Ter SHtegen Noyer o'rnini egallasa, "Bavariya" Germaniya termasiga o'yinchilarini qo'yib yubormaydi"
25 sen 2019 19:25
Yangiliklar


Uli Xyoness: "Ter SHtegen Noyer o'rnini egallasa, "Bavariya" Germaniya termasiga o'yinchilarini qo'yib yubormaydi"
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness agar terma jamoaning asosiy darvozaboni Manuel Noyer o'rnini ter SHtegen egallasa, futbolchilariga Germaniya termasida o'ynashni taqiqlab qo'yishini elon qilgan.
"Ushbu narsa sodir bo'lishidan avval, futbolchilarni terma jamoaga chiqarishni to'xtatamiz. Biz bunday o'zgarishni hech qachon qabul qilmaymiz. Lyov bizning so'zlarimizni eshitadi", - deya Xyonessning so'zlaridan iqtibos keltirgan Bild nashri.
Ushbu haftada Mark-Andre ter SHtegen Germaniya terma jamoasining kelgusi ikki o'yinini asosiy tarkibda boshlashi elon qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar