So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Uli SHtilike: "Murabbiy bo'lganim tufayli odamlarning ham gapini eshitaman" Yangiliklar

Uli SHtilike: "Murabbiy bo'lganim tufayli odamlarning ham gapini eshitaman"

Janubiy Koreya hamda Suriya o'rtasidagi JCH-2018 saralash uchrashuvidan oldin, janubiy koreyaliklar ustozi Uli SHtilike bilan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.


Uli SHtilike: "Oltita o'yindan so'ng Suriya buncha ochko (8) yig'adi deb hech kim o'ylamagan edi. Bu syurpriz bo'ldi, ammo Suriyaning hozirgi holatiga etibor bersak, ularni mag'lub etish oson emas.

O'ylashimcha, Suriya so'nggi turdagi eng yaxshi jamoa bo'ldi. Biz suriyaliklardan bor-yo'g'i 2 ochko oldindamiz va ularni mag'lub etishimiz shart.

Uyda o'ynaymiz va muammolar bo'lmaydi deb o'ylayman. Ammo biz himoyadagi xatolar sonini minimumga etkazishimiz kerak. Murabbiylik vazifasida anchadan beri ishlayman va avval ham bunday holatlarga duch kelganman. Biroq hozir faqat bu jamoa bilan jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritish haqida o'ylayapman. Bu ishga kirishsangiz, javobgarlikni bo'yningizga olishingiz kerak, shu sababli odamlarning ham gapini eshitaman".

Ki Son Yon: "Vaziyat yaxshi emas, ammo bu biz bilan sodir bo'lgan eng yomon voqea emas. Suriyani mag'lub etib, vaziyatni o'nglash uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Terma jamoada mamlakatimizning eng yaxshi futbolchilari o'ynaydi va bunday vaqtda siz eng zo'r o'yiningizni ko'rsatishingiz kerak. Ayni damda biz yaxshi o'yinchi ekanligimizni isbotlashimiz shart. Avvalgi bahsda raqib kuchli bo'lgani uchun emas, biz o'yin vaqtida diqqatimizni bir joyga to'play olmaganimiz uchun mag'lub bo'ldik deb o'ylayman. 4 ta o'yin qoldi va agar xatolarni takrorlayversak bu haqiqatdan ham katta muammoga aylanadi".

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика