So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Ular futbolni sanat darajasiga olib chiqishmoqda Yangiliklar

Ular futbolni sanat darajasiga olib chiqishmoqda

Etiboringizga dunyoning eng kuchli ligalaridan biri bo'lgan APL o'yinlarida havfli to'p uzatishlarni amalga oshirgan futbolchilar reytingini taqdim qilamiz.

Balki liga o'yinlari davom ettirilar, balki yo'q. Biroq Britan futboli muxlislari doimo odamlarni o'ziga jalb qiladi va o'yinlar yo'q paytida ularni zeriktirib qo'ymaslik kerak.

Statistika bo'yicha biz "aqlli paslar"ni eng ko'p amalga oshirgan futbolchilarning kuchli o'nligini taqdim qilamiz.

10. Felipe ANDERSON – 40 aqlli paslar

Jamoa: "Vest Xem"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 22

Hozircha "Vest Xem" APLning eng omadsiz klublaridan biri bo'lib turibdi. Yuqori moliyaviy holatga ega bo'lgan klub turnir jadvalining so'nggi qatorlarida. Faqatgina qo'shimcha natijalar evaziga jamoa havfli zonadan teparoqda turibdi. Biroq jamoa tarkibida shunday futbolchi borki, ko'p narsa unga bog'langan - u 26 yoshli Felipe Anderson. Ha, u ko'p ham gol ura olmaydi, biroq uning ajoyib va zamonaviy paslari ushbu mavsumda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 22 o'yinda Anderson 40 marta havfli paslarni amalga oshirdi. Demak, har bir o'yinda u deyarli 2tadan shunday paslarni bermoqda. Biroq "Vest Xem"da vaziyatlarni yakunlash anchagina qiyin bo'lmoqda. Jamoa yaratgan vaziyatlarning juda kam qismini golga aylantirmoqda.

9. Rahim STERLING – 45 aqlli paslar

Jamoa: "Manchester Siti"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 24


Ayni damda Rahim faoliyatini eng cho'qqiga chiqqan paytlarida. Bu uning samaradorligi va transfer narxining o'sishiga bog'liq. Transfermarkt portali angliyalikning transfer narxini 140 mln evrodan 160 mln evrogacha ko'tardi. Rahim - epizodlarni boshqalarning yordamisiz ham hal qila oladigan, hujumlarni yaratishda va vaziyatlarni golga aylantira olishda yuqori o'rinda turadigan futbolchilardan biri. "Real" ham "ovlash" payida yurgani esa uning klassidan dalolat beradi. Balki Sterlingning miyasini bir chekkasida faoliyatini Angliyadan tashqarid davom ettirish g'oyasi bordir...


8. Uilfrid ZAA – 46 aqlli paslar

Jamoa:
"Kristal Pelas"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 29

Jamoaning hujumdagi o'yinlarining Zaaga bog'lanib qolishiga faqatgina bir yil bo'lmadi. Futbolchi juda yorqin o'yin ko'rsatmoqda, asosiysi - texnika va tezlik yuqori darajada, ammo uning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu uning asosiy kozir qartalari emas. U maydonda o'zining roli qanday ekanligini yaxshi biladi va jamoaviy o'yinni ham tushunadi. Ushbu mavsumda Uilfridning gollari soni kamaydi, lekin u boshqacharoq o'yin ko'rsatmoqda. Uning maqsadi - jamoadoshlariga vaziyat yaratib berish. SHu boisdan Uilfrid aqlli paslar berishda APLning yuqori sakkizligidan joy olgan. U 27 yoshga kirdi va yuqori jismoniy holatiga tushib oldi. Endi Zaa kuchliroq jamoaga o'tib, "Manchester Yunayted"da amalga oshmagan orzusiga etishishi kerak.


7. Yuri TILEMANS – 50 aqlli paslar

Jamoa:
"Lester"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 28


Belgiyalik xavbek atigi 22 yoshda, balki tajribali futbol muxlislari uni "Anderlext"dagi bir necha yillik faoliyatidan keyin uning bu yoshda ekanligiga ishonishmasa ham kerak. O'shanda Yuri haqida katta bashoratlar bo'lgandi. Biroq u "Monako"ga o'tganidan keyin o'zini yorqin ko'rsata olmadi. U Franciya futbolini vaqtida tark etdi va anchagina raqobatbardosh, doimiy rivojlantirib boradigan ligaga o'tdi. Hozirgi Tilemansda barchasi joyida - u asosiy tarkibning barqaror futbolchilaridan biri, doimiy ravishda jamoadoshlariga ajoyib paslar berib turadi. SHuningdek, uning paslaridan keyin ko'p holatlarda gollar urilib, jamoa g'alabalarga erishmoqda.


6. Roberto FIRMINO – 51 aqlli paslar

Jamoa:
"Liverpul"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 29

Firmino - g'alati hujumchi, balki unga mos tushadigan taktikalarni faqatgina Klopp topa olishi mumkindir. U Joze Mourinyu yoki Pep Gvardiolaning uslubiga umuman mos tushmaydi. Kloppdan farqli ravishda ularning hujumchilarga bo'lgan talablari boshqacha. Balki Roberto super hujumchi emasdir, biroq u jamoadoshlari uchun soyadagi ishlarni bajarishda anchagina faol bo'ladi. U vingerlarning joyida to'p uchun kurashlarda g'alabaga erishishga va markaziy yarim himoyachilarga ko'maklashishga o'rganib qolgan. Ha, ushbu ro'yxatda bor bo'lgan yagona hujumchi u. Boshqasi bo'lishi ham mumkin emas.

5. Emiliano BUENDIYA – 52 aqlli paslar

Jamoa:
"Norvich"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 28

Balki bu ismni futbol muxlislari ilk marta eshitib turgandir. Biroq tomirida Ispan qoni bor 23 yoshli argentinalik xavbek "Norvich"ning yoqimtoy futbolchisiga aylanib bo'lgan. Ushbu mavsumda u birorta gol urmadi, ammo 7 bora assistentlikni qayd etdi. Raqib jarima maydonchasida pas o'ynash esa - Emiliano uchun shunchaki sanat. Mavsum boshida uning transfer narxi 8 mln evroga baholangandi. Ammo hozirga kelib, bu narx 18 mln evroga oshdi. Buendiya doimo sifatli o'yin ko'rsatishda davom etmoqda.

4. Muhammad SALOH – 52 aqlli paslar

Jamoa:
"Liverpul"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 26

27 yoshli futbolchi mana 2-mavsumdirki, pasayishni qayd etmoqada. Ammo 2017/18 yilgi mavsumda u 36 o'yinda 32 bora raqiblari postiga yo'l topganini yoddan chiqarmaslik kerak. Keyinchalik esa u ayrim o'yinlarda o'zini ko'rsata olmay qolyapti. CHunki uning vazifasi biroz o'zgargan. Endilikda Saloh qanotda sheriklarining gol urishlari uchun ixtisoslashib bormoqda. Manega qaraganda unda aqlli paslar soni ko'proq - 52ga 39.


3. Jeyms MEDDISON – 59 aqlli paslar

Jamoa:
"Lester"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 28

"Koventri" klubining tarbiyalanuvchisi 23 yoshiga kirganda Angliya futboli transfer bozoridagi eng xaridorgir futbolchiga aylanib oldi. Jeymsni o'z tarkibiga qo'shib olish uchun mamlakatning eng katta klublari qattiq harakat qilmoqda. Jeyms ushbu mavsumda 28 o'yinda 6 gol va 3 assistentlik qayd etdi, biroq uning hammuallifliklari ko'proq bo'lishi mumkin edi. Meddison "Lester" hujumining rivojlanishida asosiy rolni o'ynamoqda. Yozgi transferlar oynasida uni "Manchester Yunayted" o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Balki kelasi mavsumda Pogba, Fernandesh, Meddison triosini ko'rarmiz.

2. David SILVA – 61 aqlli paslar

Jamoa:
"Manchester Siti"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 19

Ispaniyalik futbolchi 34 yoshga kirdi. Biroq hali ham u to'p bilan ajoyib tarzda ishlaydi va fantastik tarzda aqlli paslari bilan jamoadoshlariga gol urish uchun vaziyat yaratib beradi. U ushbu mavsumda jamoaning asosiy futbolchisi hisoblanmayapti. Ushbu sehrgar futbolchi reytingimizga kirishi uchun 19 o'yin kifoya qildi, holos! Agarda u barcha o'yinda qatnashganida hozir qaysi o'rinda bo'lardi, tasavvur qilish ham qiyin! Yomon tomoni shundaki, Silva ushbu mavsumdan keyin "Manchester Siti"ni tark etadi. SHu boisdan chempionatning tezroq boshlanishini va uning o'yinlarini ohirigacha ko'rib olishni istardik. CHunki kelasi mavsumda maesto APLda bo'lmaydi.


1. Kevin DE BRYUYNE – 96 aqlli paslar

Jamoa:
"Manchester Siti"
Mavsumdagi o'yinlari soni: 26

Balki o'yinni tushunish va kreativlik borasida Kevinni APLda David Silva darajasiga qo'shish mumkindir. Saloh, Meddison, Zaa, Tilemans kabi futbolchilardan farqli ravishda De Bryuynening o'yin uslubi umuman boshqacha. Bazida uning miyasida boshqa odamlarda yo'q bo'lgan hissiyotlar bordek ko'rinadi. CHunki u bir laxzada qabul qilinishi kerak bo'lgan qarorlarni oldindan tayyorlab qo'ygan bo'ladi. Kevin kichik jarohat olib, safdan chiqqan paytda "Siti"ning o'yin uslubi anchagina o'zgarib ketdi. Ayni damda Kevin - APLning xavfli vaziyat yaratish bo'yicha eng yaxshi futbolchisi. Balki Evropada Leo Messiga (109ta aqlli pas) tenglasha oladigan futbolchi faqatgina Kevindir...

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика