So’nggi yangiliklar

10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  0 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  4 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  8 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  13 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  7 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  16 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  11 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  13

Ular faoliyatini "ajoyib" yilda yakunlashdi. Bazi futbolchilarni ko'rib hayron bo'lishingiz aniq Yangiliklar

Ular faoliyatini "ajoyib" yilda yakunlashdi. Bazi futbolchilarni ko'rib hayron bo'lishingiz aniq

Juda kuchli futbolchilarning yana bir guruhi butsalarni "mixga ilish"ga qaror qildi.

2019/20 yilgi mavsum yakunlandi va biz annaga muvofiq professional faoliyatini yakunlagan futbolchilarni yodga olamiz.

Kimdir mavsum yakunida ketishini avvalroqdan aytgan bo'lsa, boshqalar kutilmaganda shunday qarorga kelishdi. Ishonchimiz komilki, siz ro'yxatdagi bazi o'yinchilarni allaqachon futbolni "yig'ishtirgan" deb o'ylardingiz. 

Etiboringizga 2020 yilning o'ziga xos fotomaqolasini taqdim etamiz. 

1 yanvar David Vilya "Vissel Kobe" bilan Yaponiya Kubogini qo'lga kiritdi va 38 yoshida nafaqaga ketdi. Jahon va Evropa chempioni, CHempionlar Ligasi g'olibi, ikki jamoa tarkibida Ispaniya chempionati g'olibi ("Barselona", "Atletiko"), uch xil klub tarkibida Ispaniya Kubogi egasi ("Saragosa", "Valensiya", "Barselona"), Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar (59 gol). Maqtanishga arzigulik faoliyat.

 

18 aprel kuniga Ispaniya Kubogi finali belgilangandi – "Real Sosedad" Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi. Ko'plab kinolarda bo'lgani kabi, baxtli yakun uchun Aric Aduris g'alaba to'pini urishi, sovrinni boshi uzra ko'tarib, Bilbaoning chinakam qaxramoni sifatida faoliyatini yaunlashi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab o'yin nomalum muddatga qoldirildi (hali ham o'tkazilgani yo'q), forvard esa restartni kutib o'tirmadi. 

"Sizlarni qattiq quchoqlab, yurakdan tashakkur va xayr deyman – mening chinakam muxlislarimga. Katta rahmat!". 36 yoshli SHtefan Lixtshtayner muxlislar bilan shunday xayrlashdi. Vaqtida evropa grandlari etiboriga tushib, malum vaqt "Yuventus"da harakat qilgan futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni "Augsburg"da o'tkazdi.

Garet Berri APLning mangu rekordini o'rnatib ketdi – 653 uchrashuv! Nega mangu deysizmi? CHunki uning eng yaqin taqibchisi Jeyms Milnerning hisobida – bor yo'g'i 536!

Yakunlangan mavsumda Iker Kasilyas biror marta maydonga tushmadi, lekin rasman faoliyatini bir oy avval yakunladi. "Portu" oltin dublni qayd etdi va jamoa muxlislari ispaniyalik posbonga ham medal topshirilishini talab qilishmoqda. Xalq mehri va hurmati deb shuni aytishsa kerak! 

Milan Barosh oxirgi uch yilda dastlabki uch yilni o'tkazgan klubida edi. "Banik" muxlislari 38 yoshli forvardning oxirgi o'yinida ko'zlarida yosh bilan xayrlashishdi.

Bu yigit 1996 yil (bundan 24 yil avval) gol urib yurardi, 2000 yillar boshlarida Bundesliga g'olibiga aylangandi, 2010 yillarda ECHL bosh sovriniga ega chiqdi, 2020 yilga kelib esa katta futbol bilan xayrlashdi. Faoliyatining oxirgi sahifasida Klaudio Pisarro "Verder"ga Bundesligada jon saqlab qolishi uchun yordam berdi.

Daniele de Rossi faoliyatining oxirgi davrini okean ortida o'tkazishga qaror qildi. "Boka" safida 5 o'yin, jarohat – va Daniele futbolchilikdan, murabbiylikka o'tish vaqti kelganini tushunib etdi.

Futbol ishqibozlariga yaxshi tanish Esekiel Lavessi Xitoyda nafaqaga chiqdi. Faoliyatini yakunlashi haqida 2019 noyabr oyidayoq aytgan futbolchi mamlakatdan koronavirus muammosi yuzaga kelishidan avvalroq ketib ulgurgandi.



Ko'pchilik "Barselona"dan "Sporting"ga ko'chib o'tgandan keyin Jeremi Mateni hisobdan chiqargan bo'lsa kerak. Ana o'sha transfer amalga oshirilganiga ham uch yil bo'libdi. Jarohatlar francuzni yozga kelib taslim bo'lishga va organizmini ortiq qiynamaslikka ko'ndirdi.

Mario Gomes "SHtutgart" bilan 2007 yil Germaniya chempionatida zafar quchgandi, 2019/20 yilgi mavsumda uning 14 goli klubni Bundesligaga qaytardi. Mario chiroyli nuqta qo'yishga erishdi!

2019 yoil yozida Vensan Kompani "Anderlext"ga qaytdi va o'ynovchi murabbiy lavozimiga tayinlandi, ammo Belgiyaning eng nomdor klubi ishlari yurishmadi. 18 avgustdan Kompani – jamoaning bosh murabbiyi, "o'ynovchi" qo'shimchasi endi shart emas.


2014 yilgi Jahon chempionati g'olibi Benedikt Xyovedes Moskvaning "Lokomotivi"da ikki mavsumni o'tkazdi, jarohatlar sabab ancha qiynaldi va 32 yoshida barchasini yig'ishtirishga qaror qildi.

O'sha mundialda Benidikt bilan elkama-elka harakat qilgan Germaniyaning boshqa bir o'g'lonining "masalasi" "Spartak"da yarim yilda hal bo'ldi. Katta umidlarni oqlay olmagan va o'z potencialini oxirgacha ochib berolmagan Andre SHyurrle faoliyatini 29 yoshda yakunladi. 

Ammo yaxshi yangilik ham bor, bonus sifatida futbolni sog'ingan ushbu futbolchini etiboringizga havola qilamiz. Yangi mavsum bizni zeriktirib qo'ymasligiga umid qilamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика