So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

Ukraina va latviyalik futbolchilar "Andijon"da ko'rikdan o'tadi Yangiliklar

Ukraina va latviyalik futbolchilar "Andijon"da ko'rikdan o'tadi

Superligaga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" klubi jamoa yig'iniga qo'shilgan ikki nafar yangi legioner haqida malumot taqdim etdi.


Dmitriy Zozulya
Tug'ilgan sanasi: 09.06.1988
Ampluasi: Himoyachi;
Fuqaroligi: Ukraina;
Bo'yi: 188 sm;
Vazni; 79 kg;
So'nggi o'ynagan jamoasi: “Kremen” (Ukraina).

Faoliyati davomida “Obolon”, “Knyaja”, “Lvov”, “Volyn”, “Bukovina”, “Neftyanik-Ukrneft”, “Guriya” (Gruziya), “Zugdidi” (Gruziya), “Arsenal” (Kiev) va “Gornyak-Sport” klublarida to'p surgan.

O'tgan mavsumda esa Dmitriy Ukraina birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Kremen” klubi sharafini himoya qildi. U “Kremen” klubi tarkibida 2019/2020 yilgi mavsumda 16 ta uchrashuvda (hozirgi kunga kelib 19-tur o'yinlari davom etmoqda) maydonga tushib, 1373 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg'ol etishga erishdi.

Qiziqarli jihati shundaki, u 2018/2019 yilgi mavsumlarda “Gornyak-Sport” klubi tarkibida Vitaliy Mirniy bilan birga to'p surgan.

Dmitriy Zozulya 20 yanvar kuni yurtimizga etib keladi va “Farg'ona viloyati hokimi Kubogi” musobaqasidagi o'yinlarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.



Romans Maskevich
Tug'ilgan sanasi: 29.03.1993
Ampluasi: Yarim himoyachi
Fuqaroligi: Latviya
Bo'yi: 174 sm
Vazni; 65 kg
Erishgan yutuqlari: Latviya Kubogi finalchisi (2017 yil), Latviya Kubogi sohibi (2018 yil), Latviya chempioni (2018 yil).
So'nggi o'ynagan jamoasi: “Ventspils” (Latviya).
O'ynagan jamoalari: “Tranzits”, “Yurmala”, “Spartaks”, “Leypaya”, “Riga”, “Ventspils”.

2016/2016 yilgi mavsumda “Spartaks” klubi safida Evropa Ligasining 6 ta uchrashuvida maydonga tushgan va bitta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Latviya U-21 terma jamoasi safida Ukraina va Lixtenshteyn terma jamoalari qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.

O'tgan yilgi mavsumda Romans “Ventspils” jamoasi tarkibida 23 marta maydonga tushib, 1585 daqiqa o'ynash bilan bir qatorda, jamoasining 3 ta goli mualliflik qildi.

Roman Maskevich o'tgan yilgi mavsumda “Ventspils” jamoasi bilan Latviya chempionatining 3-o'rinini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi va Evropa Ligasi saralash bosiqchiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика