Ukraina terma jamoasi saralash bahslarida to'rt yildan ortiq vaqt davomida mag'lubiyatga uchramadi
17 noy 2021 19:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/668780_original.jpg)
![](/upload/storage/668780_220.jpg)
Ukraina terma jamoasi saralash bahslarida to'rt yildan ortiq vaqt davomida mag'lubiyatga uchramadi
Ukraina terma jamoasi jahon chempionati saralashini mag'lubiyatsiz yakunladi.
Endilikda Aleksandr Petrakov shogirdlari mart oyi oxirida bo'lib o'tadigan pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rishadi.
Agar Evropa va jahon chempionati saralashini oladigan bo'lsak, Ukraina terma jamoasi oxirgi marta 2017 yilning oktyabr oyida Xorvatiyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'shandan beri "sariq-ko'klar" Evro-2020 (6 g'alaba, 2 durang), shuningdek, JCH-2022 saralashini (2 g'alaba, 6 durang) mag'lubiyatsiz bosib o'tishdi.
Ukraina terma jamoasining saralash bosqichidagi mag'lubiyatsiz 16 o'yinlik seriyasiga Portugaliya (g'alaba va durang) va Franciyaga (ikki durang) qarshi o'yinlar ham kiradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar