Ukraina prezidenti SHevchenkoga davlat mukofotini topshirdi
24 avg 2021 21:16
Yangiliklar
Ukraina prezidenti SHevchenkoga davlat mukofotini topshirdi
Ukraina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrey SHevchenko 5-darajali "donishmand Yaroslav" ordeni bilan taqdirlandi.
44 yoshli mutaxassisga davlat mukofotini mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy topshirdi.
Orden davlat qurilishidagi ishtirok, Ukrainaning xalqaro obro'sini mustahkamlash, iqtisodiyot, fan, talim, madaniyat, sanat, sog'liqni saqlashni rivojlantirish, xayriya, gumanistik va ijtimoiy ishlardagi faollik uchun beriladi.
SHevchenko boshchiligida Ukraina jamoasi o'z tarixida birinchi marta Evropa chempionatining chorak finaliga chiqdi.
Fikrlar