So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

Ukraina JCH-2030 o'yinlarini qabul qiladi? Ispaniya va Portugaliya bilan qo'shma ariza topshirish imkoniyati qanday? Yangiliklar

Ukraina JCH-2030 o'yinlarini qabul qiladi? Ispaniya va Portugaliya bilan qo'shma ariza topshirish imkoniyati qanday?

Tafsilotlar malum bo'ldi.

Nima bo'ldi?


Ukraina 2030 yilgi Jahon chempionatini qabul qilish uchun Portugaliya va Ispaniya bilan birgalikda qo'shma ariza beradi. Bu hozircha The Times insaydi, ammo manbaning xabariga ko'ra, 5 oktyabr kuni bu haqda FIFA shtab-kvartirasidagi matbuot anjumanida federaciyalar vakillari elon qilishlari kerak.



Materialdan bazi qiziqarli tafsilotlar:


— Ariza Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hamda Portugaliya va Ispaniyada milliy hukumatlari tomonidan tasdiqlangan.


— Xavfsizlik kafolati borasida savollar ham tilga olingan. Ammo, The Times'ning yozishicha, 2030 yilga kelib Ukraina hududidagi bosqin yakunlanadi va infrastrkukturalar tiklanish jarayoni boshlanadi.

— "Hamkorlar futbol mamlakatdagi tinchlikni tiklashi mumkinligiga umid bildirishdi", — deyiladi materialda.

— Ukrainaning musobaqa guruh bosqichidagi bir nechta o'yinlarni o'tkaza olishi kutilmoqda.



Imkoniyatlar qanday?

2020 yilda Ispaniya va Portugaliya birgalikda Jahon chempionatini o'tkazish uchun ariza berishdi. Ispaniyaning 14ta, Portugaliyaning 3ta stadionni taqdim etishi rejalashtirilgan edi. Ukraina qo'shilgan taqdirda kvotalar qanday bo'ladi — bunisi hozircha jumboq. The Times'ning takidlashicha, Ukrainaning qo'shilishi bu arizani Jahon chempionatini o'tkazish uchun favoritga aylantiradi. Xususan, UEFA prezidenti Aleksander CHeferin tashkilot Ispaniya va Portugaliyaga turnir mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritishga yordam berishini aytdi.



Ammo, jiddiy raqobatchilar ham bor. Masalan, Lotin Amerikasi mamlakatlari bo'lmish Argentina, CHili, Urugvay va Paragvay qo'sha ariza berishgan. Bu erda chiroyli voqea ro'y berishi mumkin, sababi 1930 yilda ilk Jahon chempionatini aynan Urugvayda o'tkazilgan. Musobaqani 100 yil o'tganidan so'ng o'sha erda o'tkazish ramziy manoda bo'ladi. Bekorga mamlakat hujjatlarida o'sha yilgi JCH finali o'tkazilgan Montevideodagi stadion ko'rsatilmagan.


Yana bir qo'shma arizani Greciya, Saudiya Arabistoni va Misr birgalikda berishgan. Bu blok bir yo'la uch kontinental federaciyalarning qo'llab-quvvatlashi bilan kuchli. Biroq, xalqaro tashkilotlarning Saudiya Arabistonisha inson huquqlari borasidagi savollar JCHning ushbu mamlakatlarda o'tkazish imkoniyatini pasaytiradi. Musobaqa muddati ham masala — ushbu yilda bo'layotganidek, o'sha paytda qishda o'tkazishga to'g'ri keladi.



JCH-2030ga Marokash ham davogarlik qiladi — mamlakat o'z xohishini 2018 yildayoq bildirgandi.


Hozircha FIFA prezidenti Janni Infantino rasman hech qaysi arizani tasdiqlamadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика