Ukraina chempionati o'yini kuchli qor tufayli to'xtab qoldi FOTO
04 dek 2017 09:02
Yangiliklar
Ukraina chempionati o'yini kuchli qor tufayli to'xtab qoldi FOTO
Ukraina chempionatining 18-turidan o'rin olgan Karpati – Olimpik uchrashuvi ob-havo injiqligi tufayli oxiriga etmay qoldi.
Tanaffusdan so'ng bosh hakam Katerina Monzul o'yinni davom ettirmaslikka qaror qildi. Sababi qor yog'ishdan to'xtamayotgan va maydon butunlay qor bilan qoplanib bo'lgandi.
Stadion ishchilari hakamlar o'z xonalariga kirib ketgach maydonni qorda tozalashni boshlashdi. Keyinroq ularga muxlislar ham qo'shilishdi. Yarim soatda maydonning deyarli yarmi tozalandi.
Ammo hakamlar o'yinni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Tanaffusga jamoalar 1:1 hisobida chiqib ketishgandi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi qachon o'tkazilishi nomalum.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar