So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Ukraina bosh murabbiyi: "Braziliya haqida o'ylaganimiz yo'q" Yangiliklar

Ukraina bosh murabbiyi: "Braziliya haqida o'ylaganimiz yo'q"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/4 final doirasidagi Venesuelaga qarshi o'yindan so'ng (9:4) Ukraina bosh murabbiyi Oleksandr Kosenko saytimizga intervyu berdi.

"Bugun juda qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Menimcha, uchrashuv muxlislarga manzur bo'ldi. Biz yarim finaldamiz, yani dunyoning eng kuchli to'rt jamoasidan birimiz.

Jamoviy hamjihatligimiz g'alabada muhim rol o'ynadi. Bunday darajadagi bellashuvlarda faqatgina jamoaviy g'alabaga erishish mumkin.

Keyingi raqib — Braziliya haqida o'ylab ko'rganimiz yo'q, sababi avval Venesuelani mag'lub etish lozim edi. Bor etiborimiz bugungi uchrashuvga qaratilgandi. Keyingi raqibni endi o'rganib chiqamiz.

SHu o'rinda muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ukrainadagi vaziyat barchaga malum. Buni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Buni shunchaki his qilish kerak. Biz yaqinlarimizning daldasini, matonatini his qilib turibmiz va muxlislarimizning qo'llab-quvvatlovi tufayli yaxshi natijaga erishyapmiz", dedi Kosenko.

Eslatib o'tamiz, Ukraina terma jamoasi yarim finalda Braziliyaga qarshi bahs olib boradi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика