Uilfrid Zaa jamoadoshlarini tanqid qildi
21 sen 2019 16:42
Yangiliklar
Uilfrid Zaa jamoadoshlarini tanqid qildi
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaa jamoa o'yinchilarini tanqid qildi.
U o'yinchilarga o'zlarini maydonga sidqidildan bag'ishlashlari kerakligini aytdi.
- Har o'yinda 100% bor kuchimni beraman, ammo maydonga 11 futbolchi chiqadi va har biri o'z ishini qilishi kerak.
Men hamma uchun o'ynay olmayman ahir. Yozda bo'lib o'tgan narsalar ortda qoldi. Men hamma narsadan ham mamnun emas edim. Ammo, "Kristal Pelas"da qoldim va jamoaga foyda keltirmoqchiman.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli ivuarlik futbolchi yozda "Arsenal" yoki "Everton"ga o'tishi mumkin edi. Transfer barbod bo'lgach esa u o'zining agentidan voz kechdi.
Fikrlar