So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  9 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Uik-endning birinchi kunini futbol bilan o'tkazish shart! (anons) FOTO Yangiliklar

Uik-endning birinchi kunini futbol bilan o'tkazish shart! (anons) FOTO

Kecha Bundesligada yangi mavsumga start berildi.

SHuningdek, Ispaniya La Ligasi va Franciya 1 Divizionining tur o'yinlari ham kecha boshlandi. Bugun esa APL hamda A Seriyada navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bundesliga va Franciya 1 Divizionida esa qolgan o'yinlar bo'lib o'tadi. Kunning ikkita eng muhim bahsi A Seriyada bo'ladi.

Birinchi boshlanadigan o'yin - Ronalduning Turindagi debyuti, "Yuventus"ning yangi mavsumda o'z uyidagi ilk bahsi - "Lacio"ga qarshi kechadi. Simone Inzagi birinchi turda "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyat alamini Ronaldu safini to'ldirgan "Yuventus"dan olishga urinib ko'radi. Ronaldu esa yangi jamoasi tarkibida ilk golini aynan Turinda, o'z muxlislari ko'z o'ngida urishni maqsad qilgani aniq. Hujumkor va shiddatli o'tishi kutilayotgan bellashuvning chiptalari bir oy avval chiqqan kuniyoq tugab ulgurgan. SHu boisdan ham "Allianz stedium"da A Seriyada doirasida har doim ham kuzatilmaydigan anshlag bo'lishi kafolatlanadi.

A Seriyada kunning eng muhim bahsi Turinda emas, balki Neapolda o'tadi, desak hecham adashmagan bo'lamiz. Sababi, "San Paolo"da "Napoli" yangi mavsumdagi o'zining ilk uchrashuvini o'tkazadi. Karlo Anchelotti ilk bor Neapolda "Napoli" bosh murabbiyi sifatida ishlaydi. "Milan" A Seriyadagi, umuman yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini ("Jenoa"ga qarshi 1-tur o'yini qoldirilgandi) aynan Neapolda o'tkazadi. Anchelotti "Napoli" bosh murabbiyi sifatida o'zining jonajon, sobiq jamoasi "Milan"ga qarshi duch keladi. Jennaro Gattuzo uchun A Seriyaning ikkinchi turi yangi mavsum startiga aylanadi. "Napoli" esa o'tgan turda Rimdan yaxshi kayfiyatda qaytgan va "Milan" bilan uchrashuvga o'zgacha tayyorlanmoqda.

Mazkur o'yindagi yana bir qiziq intriga shuki, Anchelotti qo'l ostida "Milan"da ulg'aygan, porlagan va o'zining eng yaxshi davrlarini o'tkazgan Gattuzo endi hamkasb sifatida o'z ustoziga qarshi. Anchelotti esa yaqin o'tmishda qo'l ostida o'ynagan futbolchini endi hamkasb raqib sifatida qarshi olishi lozim. Bu kurashni kuzatish albatta juda qiziq bo'ladi.

"Milan" oxirgi marotaba "Napoli"ni 4 yil avval o'z uyida mag'lubiyatga uchratgan. "Napoli" ketma-ket 7 uchrashuvdan buyon "Milan"ga engilmasdan kelmoqda. "Milan" oxirgi marotaba Neapolda bundan roppa-rosa 8 yil avval g'alaba nashidasini surishga muvaffaq bo'lgan. O'tgan 8 yil mobaynida "Milan" Neapoldan quruq qo'l bilan qaytmoqda. Gattuzo ushbu noxush seriyaga chek qo'ya oladimi? Albatta bu kabi savollarga "San Paolo"da kechadigan ajoyib o'yinda javob olamiz.

SHuningdek, Bundesliganing 1-tur doirasidagi kunning eng muhim to'qnashuvlaridan biri Myonxengladbaxda "Borussiya" hamda "Bayer" o'rtasida kechadi. "Volfsburg" - "SHalke" uchrashuvi ham qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.

Franciyada amaldagi chempion PSJ o'z uyida "Anje" jamoasini qabul qiladi. Buffon, Mbappe va Neymar kabi yulduzlarni jamlagan PSJning har bir o'yini ayni paytda muxlislarda katta qiziqish uyg'otmoqda. PSJning mazkur uchrashuvida Jiji Buffon o'rnini Areola egallaydi.

Ispaniyada esa birinchi turni durang bilan boshlagan Simeone qo'l ostidagi "Atletiko" "Raco Valekano" bilan bellashadi. Amaldagi chempion "Barselona" esa "Valyadolid" mehmoni bo'ladi. Messi chempionatni ikkita gol bilan boshlagandi. Bu safargi bahsda ham Leo gol urishni uddalay oladimi, degan savol ham ko'pchilik uchun qiziq mavzu.

Eng katta auditoriyaga ega Angliya premer ligasida esa shanba kuni chinakamiga markaziy o'yin yo'q. Ammo bu erda istalgan bahsda sensaciya qayd etilish ehtimolidan kelib chiqilsa, unda grandlar ishtirokidagi uchrashuvlar katta qiziqishga sabab bo'ladi. Gvardiolaning "Manchester Siti"si bu gal "Vulverxempton" mehmoni bo'ladi. Unai Emeri kelganidan buyon mag'lubiyatdan boshi chiqmayotgan Arsen Vengerning sobiq "Arsenal"i London derbisida "Vest Hem"ni qabul qiladi.

CHempionatni ko'tarinki ruhda boshlagan va chempionlik yo'lida dadil qadam tashlashi taxmin qilinayotgan "Liverpul" "Manchester Yunayted"ni "savalagan" "Brayton"ni sinovdan o'tkazadi.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика