Ugo Loris: "Klubdan ham muhimroq bo'lgan futbolchilar yo'q"
18 sen 2019 20:30
Yangiliklar


Ugo Loris: "Klubdan ham muhimroq bo'lgan futbolchilar yo'q"
"Tottenxem" sardori Ugo Loris ECHL 1-turidan o'rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Klubdan ham muhimroq bo'lgan futbolchilar yo'q. Ko'plab mish-mishlar bo'lishi normal holat, chunki transferlar oynasi ochiq paytda bu sodir bo'ladi. Bu "Tottenxem" bilan ham, boshqa ko'plab jamoalar bilan bo'lib turadigan holat. Lekin, hozir yozgi transfer muddati tugadi. Endi har bir o'yinchi etiborni jamlaydi va ushbu mavsumdan zavqlanishni istamoqda", — deydi Loris.
"Olimpiakos" — "Tottenxem" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar