UFF prezidenti: "Kelasi mavsum VAR tizimidan foydalanishimiz mumkin"
25 sen 2018 12:55
Yangiliklar
UFF prezidenti: "Kelasi mavsum VAR tizimidan foydalanishimiz mumkin"
Ukraina futbol federaciyasi prezidenti Andrey Pavelko mamlakat milliy chempionatida videoassistent tizimi (VAR) qo'llanilishi mumkinligini aytdi.
"Tizimni sinovdan o'tkazishimiz, Premer-ligada qo'llab ko'rishimiz va hakamlar testdan o'tkazishiga imkon berishimiz kerak. Polshadagidek tizimni tanladik. U erda ko'chma tizim bor, u stadionga keladi, translyaciyaga ulanadi. Avtobusda VAR ishini taminlaydigan hakam va mutaxassislar brigadasi ishlaydi.
FIFA va polshalik hamkasblarimiz bilan birgalikda muzokara o'tkazib, uskunani sotib olamiz. Mart oyida tizim foydalanishga tayyor bo'lishi mumkin. Ukraina Premer-ligasi barcha huquqlarni qo'lga kiritganidan so'ng tizimdan foydalana olamiz. Bu kelasi mavsumda sodir bo'lishi mumkin" - deydi Pavelko.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar