So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  1 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  6 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

“Ufa”ga o'tish tarixi, karantin va Drulovich haqida. Oston O'runov bilan katta intervyu Yangiliklar

“Ufa”ga o'tish tarixi, karantin va Drulovich haqida. Oston O'runov bilan katta intervyu

O'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov yil boshida Rossiyaning “Ufa” klubiga ko'chib o'tdi. Ayni paytda karantinda bo'lib turgan hamyurtimiz bilan turli mavzularda suhbatlashdik.

- Oston, bundan bir necha yil avval bergan intervyuingizda futbolga kirib kelishingiz sababini so'rashganda akam sababli deb javob bergan edingiz…
- Haqiqatdan ham mendan 3 yosh katta akam bor. Ismlari Doston. Doston akam futbol bilan shug'ullanar edilar. Men akamga qiziqib futbolga qatnashganman. Otam meni bokschi bo'lishimni xohlaganlar. Bolaligimda juda jahldor bo'lganman. 6 yoshimdan 8 yoshgacha karate bilan shug'ullanganman. Taqdir taqozosi bilan men futbolchi, akam bokschi bo'ldi. Akam boks buyicha sport ustasi, hozirda harbiy bo'lib ishlaydilar. SHoxjahon ismli ukam ham futbol bilan shug'ullanadi.

- “Paxtakor” akademiyasiga kelib qo'shilishingiz qay tarzda amalga oshgan?
- Navoiy shahrida futbol bilan shug'ullanib yurgan vaqtim Farg'onadagi musobaqaga borganmiz. U erda Bahodir aka ismli selekcionerni etiboriga tushganman va “Paxtakor”ga taklif qilgan. Temur Olimxo'jaev qo'l ostida mashg'ulotlarni davom ettirganman.

- “Paxtakor”da malum vaqt o'tkazganingizdan so'ng siz “Navbahor” jamoasiga o'tdingiz va bu tom manoda faoliyatingizdagi ko'tarilish bo'ldi. Mavsumning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'ldingiz, muxlislar etiboriga tushdingiz. “Navbahor” bilan bog'liq yorqin xotiralaringizni ayta olasizmi?
- “Navbahor”da meni juda iliq kutib olishdi. Jamoada eng yosh o'yinchi bo'lsamda o'zimni erkin his qildim. Maydonda va uning tashqarisida bir-birimizni ko'llab-quvvatlab turardik. Natija menimcha yomon bo'lgani yo'q va namanganlik muxlislar bizni qay tarzda qo'llab-quvvatlaganini unutish oson emas.



- Oliy liga, “Metallurg” va AGMK. Nima deb o'ylaysiz bu uchta nom sizning faoliyatingiz bilan qay tarzda bog'liq?
- Hech qanday jihatni ko'rmayapman. Faqat, siz sanab o'tgan jamoalarda ko'plab do'stlarim bor, shuni bilaman.

- Bog'liqlik shunday edi: Oliy ligadagi debyutingizni “Metallurg”ga qarshi o'tkazgansiz, debyut golingizni esa AGMK jamoasi darvozasiga urgansiz. Oston “Ufa” jamoasi tarkibiga borib qo'shilishingiz qay tarzda amalga oshdi?
- O'tgan mavsum tugaganidan so'ng menga Osiyo davlatlaridan, shuningdek o'zimizning jamoalardan takliflar tushdi. Lekin meni orzuim Evropada to'p tepish edi va bir kuni “Ufa” rahbariyati menga qo'ng'iroq qilib o'z jamoasiga taklif qilishdi. Men dadam bilan maslahatlashgan holda ularning taklifini qabul qilib, yangi jamoam safiga Kiprdagi o'kuv-mashg'ulot yig'iniga ko'shildim. O'z navbatida meni tushungan holda Evropa jamoasiga qo'yib yuborgan “Lokomotiv” rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etmoqchiman.

- “Ufa” jamoasi bosh murabbiyi Vadim Evseev va murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilarga shu jumladan legionerlarga munosabat qanaqa?
- Jamoada ichki muhit alo darajada. Legioner va maxalliy o'yinchilarni aloqasi juda ham yaxshi. SHaxsan menga klub yoqdi. Murrabiylar shtabi biz futbolchilarga yaxshi munosabatda. Bilasiz, Evseev o'z vaqtida Rosssiya terma jamoasida to'p tepgan va uning tajribasiga shubha yuq.



- Futbolchilarga yaratib berilgan sharoitlar haqida...
- SHaroitlarimiz juda ham yaxshi. Biz futbolchilar faqat futbolni o'ylashimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

- Boshqirdiston poytaxti hisoblangan Ufa shahri o'ziga xos tabiatga ega shahar. Oq (Agidel) daryoga Ufa va Dema daryolari quyiladigan joyda joylashgani uchun havosi ham toza va musaffo. SHahar bilan tanishish imkoni bo'ldimi?
- Hali shahar bilan to'liq tanishganim yo'q. CHunki, ko'p vaqtimizni yig'inlarda o'tkazdik. Lekin, bir ko'rishda aytish mumkinki, shahar juda chiroyli va havosi yaxshi.

- Ukraina terma jamoasi va “Manchester Siti” futbolchisi Aleksandr Zinchenko bilan sizni juda o'xshash tomoningiz bor. Aleksandr Zinchenko ham Oston O'runov ham bir xil 19 yoshida “Ufa”jamoasiga kelib qo'shilgan va jamoadagi debyut uchrashuvini “Krasnodar”ga qarshi o'tkazishgan. Sizning kichik ustunligingiz Zinchenko debyut uchrashuvida 45 daqiqa xarakat qilgan bo'lsa siz 90 daqiqa maydonda harakat qildingiz...
- Zinchenko “Ufa” safida yaxshi o'yin ko'rsatib Evropa grand jamoasiga o'tib ketdi. Mening ham orzuim shu. Statistikaga unchalik ahamiyat bermasdim. Lekin, siz aytib o'tgan faktlar menga yoqdi (kuladi).


- Hozircha chempionat uchrashuvlarida “Krasnodar”, “Zenit” va CSKA jamoalariga qarshi maydonga tushdingiz. Rossiya premer-ligasidan olgan dastlabki taassurotlaringiz...
- Ahamiyat bersangiz biz 3ta o'yinni Rossiyaning grand klublariga qarshi o'tkazdik va uchala o'yinni ham raqiblarimiz maydonida o'tkazdik. Uchta o'yin juda qiziqarli o'tdi. Menga aynan “Zenit” bilan o'yinimiz yoqdi. Grand klubga qarshi jamoadoshlarimiz bilan tartibli o'yin o'tkazib bir ochkoga ega bo'ldik.

- Muxlislaringiz sizni Olimpiada yo'llanmasini beruvchi Osiyo chempionati yakuniy tarkibida kutishdi. Lekin, Lyubinko Drulovich sizni yakuniy tarkibga jalb qilmadi. Mish-mishlarga qaraganda Lyubinko Drulovich bilan munosabatlaringiz yaxshi emas ekan. Osiyo chempionatiga bormaganingiz sababi Drulovich bilan munosabatlaringizmi yoki “Ufa” jamoasiga o'tayotganingiz sabab edimi?
- Har bir futbolchini orzusi JCH va Olimpiadaga chiqish deb o'ylayman. Men o'tgan yili hamma yig'inlarda o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Lekin, afsus Drulovich meni Osiyo chempionatiga olib ketmadi. To'g'ri har bir murabbiyni futbolga o'zini qarashlari bor va men uni tarkibga qo'shmaganidan o'z ustimda yanada ko'proq ishlashim kerak deb bildim. Agar, murabbiylar shtabi menga imkon berganida Olimpiadaga chiqish uchun men borimni berardim. “Ufa”ning taklifi aynan Osiyo chempionati boshlanishidan biroz oldin bo'ldi va buni Osiyo chempionatiga bormaganligimga bog'lash noto'g'ri.



- Milliy terma jamoamiz safida 2019 yil 2 iyun kuni Turkiyaga qarshi 18 yosh 5 oy 14 kunlik vaqtingizda debyut qildingiz. Bu yoshda milliy jamoada o'ynash havas qilarli albatta. SHu o'yindan olgan hissiyotlaringiz...
- Terma jamoada o'ynash har bir o'yinchi uchun fahr. Men bunga 18 yoshimda erishganimdan xursandman. Bu natija bilan to'xtab qolmaslik uchun doim o'z ustimda ishlashga tayyorman. Xalqimizning azaliy orzusi bo'lgan JCHga chiqish uchun barchamiz bir jamoa bo'lib ishlashimiz zarur.

- Oston O'runov karantin vaqtida jismoniy holatini ushlab turish uchun nimalar qilyapsiz?
- Karantin paytida men “Ufa”dagi uyimda o'z ustimda ishlayapman, yuguryapman, trenajorlarda ishlayapman. SHuningdek, ko'p futbol ko'rib tahlil qilyapman.

- Yurtdoshlarimizga, muxlislaringizga tilaklaringiz…
- Muxlislarga tilagim hozir butun dunyoda koronovirus balosi hukmronlik qilayotgan paytda avvalambor o'z uylarida o'tirib oilasini himoya qilishsin. Ilohim biz tez kunlarda bu virusni engib chiqamiz.


Furqat Po'latov suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика