So’nggi yangiliklar

09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6

Ueyn Runi himoyachiga aylanib bormoqda(mi?) Yangiliklar

Ueyn Runi himoyachiga aylanib bormoqda(mi?)

Teglar :  Ueyn Runi
4 sentyabr kuni Angliya terma jamoasi Slovakiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida maydonga tushdi.

Bahs 1:0 hisobida inglizlarning g'alabasi bilan yakunlandi, ammo uchrashuvdagi yagona gol o'yinga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda urildi. 

"Manchester Yunayted" forvardi Ueyn Runi himoya, yarim himoya va hujumda jamoadoshlariga yordam berishi bilan ko'pchilikning mehrini qozongan. Ammo so'nggi o'yinlarda bu harakatlar tanqidlarga sabab bo'lmoqda.

"DailyMail" taqdim etgan tahliliy suratlarda "uch sherlar" hujumchisi Runi forvard joyida emas, balki yarim himoyachi va xatto himoyachi rolida o'ynagani ko'rinib qolgan.

O'tgan hafta "Xall Siti"ga qarshi APLning 3-tur o'yinida "Manchester Yunayted" futbolchisi raqib maydoni ichida bor-yo'g'i 8 marotaba to'pga tekkan. Slovakiyaga qarshi bahsda esa Runi raqib jarima maydonchasida to'p bilan o'ynamagan.



Slovakiyaliklar bilan uchrashuvda Runining yordamisiz qolgan makaziy hujumchi Garri Keyn 82-daqiqada almashtirildi. Deniel Starrij uning o'rniga maydonga tushdi. Bu "shporlar" hujumchisi uchun katta ruhiy zarba bo'lishi mumkin.


Ingliz nashri taqdim etgan yana bir suratda Runi himoyachidan ham orqaroqda turgani aks etgan. Jon Stouns Angliya terma jamoasining markaziy himoyachisi hisoblanadi, ammo Runi xuddi so'nggi himoyachidek joy egallagan.


Uchrashuvdan keyingi matbuot-anjumanida Angliya terma jamoasi ustozi Sem Ellardaysdan Runining poziciyasi haqida so'rashdi.

"Runi maydonda o'zi istagan poziciyada o'ynadi, u markazni boshqardi. Men Ueynga bu erda yoki boshqa erda o'yna deya olmayman, chunki u mendan ko'ra ko'proq xalqaro tajribaga ega. U yaxshi o'ynadi, ammo uni hujum chizig'ida ko'rmoqchiman" - dedi Ellardays.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика