So’nggi yangiliklar

23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  3 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Uels – Daniya o'yini oldidan: 1992 yilgi Evro g'olibi bo'lgan Daniya terma jamoasi futbolchilari hozir nima bilan band? Yangiliklar

Uels – Daniya o'yini oldidan: 1992 yilgi Evro g'olibi bo'lgan Daniya terma jamoasi futbolchilari hozir nima bilan band?

Evro-1992 Daniyasiz boshlanishi mumkin edi: Rixard Myoller-Nilsen shogirdlari saralashda Yugoslaviyadan keyin ikkinchi o'rinni egallab, mavsum tugagach tatilga chiqishdi.

Ammo Evropa chempionati boshlanishidan bir necha kun oldin UEFA Yugoslaviyani diskvalifikaciya qildi, shu tariqa daniyaliklar zudlik bilan tayyorgarlikni boshlashdi. Daniya termasi o'yinchilari Evro'ga 11 kun qolganda o'quv-mashg'ulot yig'iniga yig'ilishganda, SHmeyxelning fikricha, ular semiz dangasa suv mushuklariga o'xshardi. 

Daniyaliklar SHveciya, Angliya va Franciya bilan guruhdan joy olishdi. Brian Laudrupga ko'ra, jamoaning uchta mag'lubiyatidan boshqa har qanday natijasi sensaciya bo'lishi kutilgan. 

Ammo murabbiyning ishonchi yuqori edi: Nilsen aksariyat yoshlar tarkibidagi futbolchilarni tanir edi va ularning kuchli hamda kuchsiz tomonlarini juda yaxshi bilardi. Ushbu tajriba ko'plab futbolchilar o'zlarini namoyon etishlarida ham katta ko'mak bo'lib xizmat qildi.

Darhaqiqat, Brian Laudrup ham tarkibda bo'lmasligi mumkin edi. CHunki u va akasi Mikael murabbiy bilan janjallashib qolgandi, biroq Brian 1992 yilning bahorida safga qaytgan, Mikael esa yo'q.

Daniya turnirni Angliyaga qarshi zerikarli durangdan (0:0) boshladi, ikkinchi o'yinda SHveciyaga yutqazdi (0:1) va yana tatilga qaytishga tayyorlandi – ammo jamoa Franciyani 2:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Daniya yarim finalda Niderlandiya bilan to'qnash kelib, penaltilar seriyasida barcha 5 ta imkoniyatdan unumli foydalangan holda g'olib chiqdi – raqib safida Van Basten jamoasiga pand berdi.

Daniyaning oldingi raqiblari singari nemislar ham finalda qozonilajak g'alabaga ishonishdi – ammo birinchi bo'lim boshida Yon Yensen gol urdi. ikkinchi bo'lim oxirida Kim Vilfort hisobni oshirdi – 2:0!  Daniya umuman qatnashmasligi lozim bo'lgan turnirning oltin medalini oldi! Dahshat! 

Xo'sh, to'qqizinchi Evropa chempionati g'olibi hisoblanmish Evro-1992 qahramonlari hozir qaerda?

Peter SHmeyxel

O'shanda – 28 yosh, "Manchester Yunayted" darvozaboni;

Hozir – 57 yosh, teleboshlovchi, ekspert.

Kent Nilsen

O'shanda – 30 yosh, "Orxus" himoyachisi;

Hozir – 59 yosh, "Silkeborg" bosh murabbiyi. 

Yon Sivebek 

O'shanda – 30 yosh, "Monako" himoyachisi;

Hozir – 59 yosh, futbol agentligi egasi.

Lars Olsen

O'shanda – 31 yosh, "Trabzonspor" himoyachisi;

Hozir – 60 yosh, 2011 yildan 2019 yilgacha Farer orollari terma jamoasini boshqargan, shundan so'ng malum muddat "Esberg" klubiga ustozlik qilgan.

Xenrik Andersen

O'shanda – 27 yosh, "Kyoln" himoyachisi;

Hozir – 56 yosh, 2020 yilning yozigacha "Anderlext" skauti.

Kim Kristofte

O'shanda – 31 yosh, "Brondbyu" himoyachisi;

Hozir – 60 yosh, professional poker o'yinchisi.

Torben Pexnik

O'shanda – 29 yosh, "B-1903" himoyachisi;

Hozir – 58 yosh, faxriy futbolchi.

Klaus Kristiansen

O'shanda – 24 yosh, "Longbyu" himoyachisi;

Hozir – 53 yosh, sport brendida savdo bo'limi boshqaruvchisi.

Yon Yensen

O'shanda – 27 yosh, "Brondbyu" yarim himoyachisi;

Hozir – 56 yosh, "Arsenal" skauti.

Xenrik Larsen

O'shanda – 26 yosh, "Longbyu" yarim himoyachisi;

Hozir – 55 yosh, 2020 yilning sentyabrigacha "Grasrodderne" klubida bosh murabbiy assistenti bo'lib ishlagan.

Kim Vilfort

O'shanda – 29 yosh, "Brondbyu" yarim himoyachisi;

Hozir – 58 yosh, "Brondbyu" yoshlar jamoasi asosiy mamuri.

Flemming Poulsen

O'shanda – 25 yosh, "Borussiya" Dortmund hujumchisi;

Hozir – 54 yosh, "Orxus" U-19 jamoasida hujumchilar murabbiyi.

Brian Laudrup

O'shanda – 23 yosh, "Bavariya" hujumchisi;

Hozir – 52 yosh, futbol akademiyasi egasi.

Lars Elstrup

O'shanda – 29 yosh, "Odense" hujumchisi;

Hozir – 58 yosh, oltin medalni sotib yuborgani va ayrim sensacion chiqishlari orqali qoralanadi, kasal va Vissenberge shahrida yolg'iz yashaydi.

Torben Frank

O'shanda – 23 yosh, "Longbyu" hujumchisi;

Hozir – 53 yosh, "Coop Danmark" chakana savdo kompaniyasida logist.

Bent Kristensen

O'shanda – 25 yosh, "SHalke" hujumchisi;

Hozir – 54 yosh, "Brondbyu" U-19 murabbiyi.

Rixard Myoller-Nilsen

O'shanda – 54 yosh, bosh murabbiy;

U 2014 yilda miya shishini olib tashlash bo'yicha muvaffaqiyatsiz operaciyadan so'ng vafot etgan.

Amaldagi Daniya terma jamoasi Evropa chempionatidagi yurishini davom ettiradimi yoki yo'q, bugun bilib olamiz. Soat 21:00 da boshlanuvchi Uelsga qarshi o'yinni aslo o'tkazib yubormang!  

SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика