Uels chempionati uchrashuvi zilzila sabab to'xtatildi
18 fev 2018 09:06
Yangiliklar


Uels chempionati uchrashuvi zilzila sabab to'xtatildi
Uels chempionatining ikkinchi divizioni doirasidagi “Port Tolbot Taun” - “Taffs Vell” uchrashuvi bir necha daqiqaga to'xtatib qo'yildi.
Bunga ro'y bergan zilzila sabab bo'ldi, deb yozmoqda Independent nashri. Britaniya geologiya xizmati bergan xabarga ko'ra zilzila kuchi magnituda bo'yicha 4,4 ball bo'lgan.
Bu esa Buyuk Britaniya zaminida so'nggi 10 yilda ro'y bergan eng kuchli zilzila hisoblanadi. Port-Tolbot shahri zilzila epicentridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zilziladan hech kim zarar ko'rmagan. O'yinning o'zi keyin davom ettirilib, yakunda “Port Tolbota” 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar