Ueyn Runi: "MYU sardori bo'lishga tayyorman, lekin barchasini murabbiy hal qiladi"
23 may 2014 14:51
Yangiliklar
Ueyn Runi: "MYU sardori bo'lishga tayyorman, lekin barchasini murabbiy hal qiladi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi agar jamoaning yangi bosh murabbiyi Lui van Gal Robin van Persini sardor etib tayinlasa xafa bo'lmasligini aytib o'tdi.
– SHaxsan men uchun sardor bo'lish - faxr va juda katta masuliyat. Doimo jamoa etakchisi bo'lishni istayman. Menimcha sardor bo'lishga tayyorman, lekin barchasini murabbiyga bog'liq. Agar Van Gal sardorlik bog'ichini boshqasi taqishi kerak deb hisoblasa hech qanday muammo yo'q. Van Persi Gollandiya terma jamoasi sardori, "Arsenal"da ham sardor bo'lgan. U bemalol MYUda ham shunday vazifani bajara oladi, – deydi Runi Goal.com nashriga.
Fikrlar