

RMC Sport manbasiga ko'ra, tashkilot turnirning boshlang'ich byujetini 4,5 mlrd evrodan 7 mlrd evorga oshirmoqchi. UEFA turnirga Superligada qatnashishdan bosh tortgan Yevropa jamoalarini taklif etmoqchi. Mazkur loyiha bir necha haftadan beri muhokama qilinmoqda. Xabarda keltirilishicha, reja Chempionlar Ligasi klublari uchun qo'shimcha daromad olib kelishga qaratilgan.
Eslatib o'tamiz, Amerikaning JPMorgan Chase banki Superligaga 3,25 mlrd evro sarmoya kiritmoqchiligi aytilgandi.



