UEFA yirik klublarning bosimi tufayli CHempionlar ligasi formatini o'zgartirishi mumkin
09 avg 2016 16:20
Yangiliklar
UEFA yirik klublarning bosimi tufayli CHempionlar ligasi formatini o'zgartirishi mumkin
UEFA 2018 yildan CHempionlar ligasining formatini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.
Malumotlarga ko'ra, ittifoq koefficientlar jadvalidan qatiy nazar Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya chempionatlariga kafolatlangan to'rtta joy ajratishi mumkin. Zaxira varianti ham bor: Kafolatlangan joylar etakchi chempionatlar sovrindorlariga tegadi, katta tarixga ega jamoalar esa maxsus taklifnoma bilan turnirda ishtirok etishadi.
Bu g'oyani "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge olg'a surmoqda. Uning fikricha, bu turnir "Inter" va "Milan"siz o'z jozibasini yo'qotmoqda.
Fikrlar