

Latviya klubi firibgarlik, poraxo'rlik va/yoki korrupsiyada (UEFA intizom reglamentining 11,2a moddasi), musobaqalar va o'yinlardagi adolatli yondashuvni buzishda (UEFA intizom reglamentining 12,2a va 12,2b moddalari) ayblanmoqda.
Shu bilan birga sport direktori Nikolay Dyakin (4 yilga) va “Ventspils” sobiq rahbari Aflan Shishxanovni (bir umrga) futboldagi faoliyatidan chetlatish haqida qaror qabul qilindi. UEFA FIFAdan ushbu diskvalifikaciya haqida butun dunyoni xabardor qilishni so'radi.
Yuqoridagi jazo Yevropa Ligasi 2018/19 yilgi mavsum 2-saralash bosqichining "Ventspils" - "Bordo" (0:1) bahsi bilan bog'liq.
Avvalroq, ushbu o'yinga tayinlangan rossiyalik hakam Sergey Lapochkin UEFA tomonidan 10 yilga diskvalifikaciya qilingani xabar qilingandi. U bahs natijasiga ta’sir o'tkazishni so'ragan shaxslar haqida UEFAni ogohlantirmagan.



