UEFA Evropa Superligasi haqida bayonot berdi
18 apr 2021 21:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632012_original.jpg)
![](/upload/storage/632012_220.jpg)
UEFA Evropa Superligasi haqida bayonot berdi
UEFA biroz avval tarqalgan Evropa Superligasi haqidagi xabarlar to'g'risida bayonot berdi.
Ushbu bayonot Angliya futbol associaciyasi (FA), APL, Ispaniya qirollik futbol federaciyasi (RFEF), La Liga, Italiya futbol federaciyasi (FIGC) va A Seriya tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
Unda takidlanishicha, mazkur tashkilotlar Superliga loyihasi amalga oshmasligi uchun barcha choralarni ko'radi. Ushbu loyiha amalga oshgan taqdirda, unda ishtirok etgan klublar milliy chempionatlardan chetlatiladi, Evropa yoki jahon miqyosidagi musobaqalarda qatnashishi taqiqlanadi. SHuningdek, o'sha klublarda to'p tepadigan o'yinchilar terma jamoalarda o'ynash huquqidan mahrum qilinadi.
Bayonotda Evropa Superligasi loyihasida ishtirok etishdan bosh tortgan nemis va francuz klublarga minnatdorchilik ham bildirilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar