UEFA Simeone va Alonso bo'yicha ish ochdi
28 may 2014 01:16
Yangiliklar
UEFA Simeone va Alonso bo'yicha ish ochdi
UEFA "Atletiko" ustozi Diego Simeone va "Real" futbolchisi Alonso ustidan ish boshladi.
Diego Simeone final o'yinining qo'shimcha taymida "Real" himoyachisi Varan bilan tortishib qoldi va maydonga yugurib kirdi. Xabi Alonso esa qizili sabab o'yinni tribunada tomosha qilayotgan bir paytda, Beylni golidan so'ng maydonga tushib, jamoadoshlari bilan xursandchilikni nishonladi.
UEFA esa ularning ushbu harakatlarini o'rganib chiqadi. Yakuniy qaror iyul oyi o'rtalarida qabul qilinadi.
Fikrlar