UEFA Ronaldu, Pogba va Lokatellining harakatlaridan keyin futbolchilarga murojaat yo'lladi
17 iyu 2021 20:45
Yangiliklar
UEFA Ronaldu, Pogba va Lokatellining harakatlaridan keyin futbolchilarga murojaat yo'lladi
UEFA Evro-2020 matbuot anjumanlari vaqtida stol ustidagi musobaqa homiylari tomonidan qo'yilgan ichimlik idishlarini chetga surib qo'ygan yoki olib tashlayotgan futbolchilarning harakatiga etibor qaratdi.
Avvalroq, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va italiyalik Manuel Lokatelli “Coca-cola” idishlarini chetga surib qo'yishgan bo'lsa, franciyalik Pol Pogba esa pivoni stoldan olib tashlagandi.
“UEFA barcha musobaqa qatnashchilariga homiylik shartnomalari musobaqaning ajralmas qismi ekanligi va ular Evropada futbolni, shu jumladan, ayollar va bolalar futbolini rivojlantirish uchun xizmat qilishini eslatib o'tmoqchi”, deyiladi tashkilot bayonotida.
UEFA direktori Martin Kallenning so'zlariga ko'ra, eng katta muammolar Ronalduning harakatlari bilan bog'liq bo'ldi, ammo tashkilotchilar futbolchilar buni o'z qarashlariga asoslangan holda amalga oshirganini to'g'ri tushunadi.
Fikrlar