UEFA rahbari: "Real", "Barselona" va "Yuventus" rahbarlari qobiliyatsiz"
10 sen 2021 19:48
Yangiliklar
UEFA rahbari: "Real", "Barselona" va "Yuventus" rahbarlari qobiliyatsiz"
UEFA prezidenti Aleksander CHeferin Evropa Superligasi tashkilotchilariga nisbatan keskin bayonot berdi.
"Rostini aytsam, agar ularning xo'jayinlari istefoga chiqsa, xursand bo'lardim. Xuddi o'sha odamlar Superliga uyushtirishni va CHempionlar ligasida o'ynashni xohlayotganini ko'rish kulgili.
Uchala klub — "Real", "Barselona" va "Yuventus" rahbarlari malakasiz. Ular futbolni yo'q qilishga urinishdi. Peres Superliga daromadlari klubning omon qolishi uchun juda muhim, deb o'kinadiyu, keyinchalik Mbappe uchun 180 million taklif qiladi", — dedi CHeferin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar