UEFA prezidenti JCHni ikki yilda o'tkazish haqida: "75% muxlislarga bu g'oya yoqmadi. Men ham bunga qarshiman"
30 dek 2021 23:21
Yangiliklar
UEFA prezidenti JCHni ikki yilda o'tkazish haqida: "75% muxlislarga bu g'oya yoqmadi. Men ham bunga qarshiman"
UEFA rahbari Aleksandr CHeferin ham Jahon chempionatini ikki yilda bir o'tkazish rejasiga qarshi chiqdi.
"Jahon chempionati qiziq o'tishi uchun uni to'rt yilda bir o'tkazish lozim.
Bundan tashqari, agar JCH ikki yilda bir marta o'tkaziladigan bo'lsa, bu ayollar futboli, boshqa sport turlari va Olimpiya o'yinlarini yakson qiladi. Bu shunchaki yomon g'oya.
Jahon chempionati - futboldagi eng katta hodisa. Muxlislarning 75% qismi ham bu g'oya yoqmadi. Men ham bunga qarshiman", -dedi Aleksandr CHeferin.
Fikrlar