UEFA Neymarni jazolashi mumkin
13 mar 2019 22:33
Yangiliklar


UEFA Neymarni jazolashi mumkin
ECHLning 1/8 final PSJ va MYU o'rtasidagi javob uchrashuvidan (1:3) so'ng, mazkur bahsda jarohat sabab qatnashmagan braziliyalik hujumchi Neymar o'yinni boshqargan hakamlarni haqorat qilgani uchun UEFA tomonidan diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Gap shundaki, futbolchi “qizil iblislar”ning penaltidan urilgan uchinchi golidan norozi bo'lgan. Uning fikricha, ushbu vaziyatda penalti bo'lmagan.
“Bu sharmandalik. Videotakrorlarga 4 nafar hech narsani tushunmaydigan hakamlar qo'yilgan. Hech narsa bo'lmadi. Futbolchi bu vaziyatda qo'lini olib qochishi ilojsiz edi.” – deya sahifasiga yozgan braziliyalik futbolchi.
UEFA Neymarga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlagan. Taxminlarga ko'ra u musobaqa reglamentining 31 bandiga muvofiq bitta o'yindan to 3ta o'yingacha chetlatilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar