UEFA Mourinyuga qarshi ish ochdi
02 iyu 2023 20:50
Yangiliklar
UEFA Mourinyuga qarshi ish ochdi
UEFA Evropa ligasi finalini boshqargan hakamning manziliga bir qancha haqoratli so'zlarni ishlatgan Joze Mourinyuga qarshi ish ochdi.
Finalda Mourinyu qo'l ostidagi rimliklar "Sevilya" bilan uchrashuvda penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin Mourinyu "Pushkash Arena"ning avtoturargohida bosh hakam Entoni Teylorni bir qancha so'zlar bilan haqorat qilgan.
Matbuot anjumanida ham murabbiy hakam manzilining tomorqasiga tosh otib qo'ygan: "Hakam ispaniyalik bo'lib chiqdi. Umid qilamanki, u ECHLsiga qaytib, shu ishini davom ettiraversin, Evropa ligasini tinch qo'ysin", - degan.
Ushbu gaplardan keyin UEFA Mourinyuga qarshi ish ochgan va u uchrashuvning rasmiy shaxsiga bo'lgan qo'pol munosabatda ayblangan.
Fikrlar