UEFA "Milan"ga qarshi o'yindagi tartibsizlik sabab PSJni deyarli 100 ming evro jarimaga tortdi
22 noy 2023 23:13
Yangiliklar
UEFA "Milan"ga qarshi o'yindagi tartibsizlik sabab PSJni deyarli 100 ming evro jarimaga tortdi
Klub muxlislari tartibsizlik qilishgandi.
PSJ va "Milan" klublari UEFA tomonidan jarimaga tortildi. UEFA tartib-intizom qo'mitasi ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvda muxlislar tomonidan yuzaga keltirilgan tartibsizlik sabab jarima belgiladi. Unga ko'ra, PSJ klubi 98 ming evro, "Milan" esa 23 ming evro jarima to'laydi.
Parijlik muxlislar pirotexnika vositalaridan foydalanishgan, stadionning kirish va chiqish yo'llarini yopib qo'yishgan. Bundan tashqari, maydonda begona insonlar paydo bo'lgan. Jarimadan tashqari, PSJ bitta uy uchrashuvini cheklangan muxlislar bilan o'tkazadi va ikki yillik sinov muddati oladi.
Milanliklar esa 23 ming evro jarima to'lashlariga o'z muxlislari tomonidan ishlatilgan tutatuvchi vositalar sabab bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar