So’nggi yangiliklar

07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  1 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3

UEFA Konferenciyalar Ligasi finali - ko'z o'ngimizda yoziladigan tarix Yangiliklar

UEFA Konferenciyalar Ligasi finali - ko'z o'ngimizda yoziladigan tarix

2022 yilning 25 may sanasi futbol tarixidagi muhim kunlardan biri bo'lishi aniq.

Bugun futbol tarixida ilk bor o'tkazilayotgan UEFA Konferenciyalar Ligasi final o'yini bo'lib o'tadi.

Bu musobaqaning ilk mavsumi ham yakuniga etish arafasida turibdi va UEFA bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchramagani muxlislarga ayon bo'lib ulgurdi. Evrokubok bahslarining ko'pligi tomoshabinlar qiziqishi katta ekanidan dalolat beradi. Turli sabablar tufayli CHempionlar Ligasi hamda Evropa Ligasiga yo'llanmasini qo'lga kiritolmagan ayrim "o'rtamiyona" jamoalarda ham endi evrokubokni qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.

Konferenciyalar Ligasi finalida Italiyaning "Roma" va Gollandiyaning "Feyenoord" klublari o'zaro kuch sinashadi. Ulardan qay biri favorit ekani yaqqol sezilmoqda. Ammo bir fikrda qatiy turib olmaslik zarur, chunki evrokubok finallari doim kutilmagan voqealarga boy bo'ladi.


Nima uchun "Roma"?

Joze Mourino 3ta Evropa turniri — CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi hamda Konferenciyalar Ligasida g'alaba qozongan birinchi (!) murabbiy bo'lishga ancha yaqin. "Special one" 2003/2004 yilgi mavsum Portugaliyaning "Portu" klubi bilan UEFA CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi. 2009/2010 yilgi mavsum Italiyaning "Inter"i bilan "shalpangquloq"ga ega chiqdi. 2016/2017 yili Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bilan Evropa Ligasini qo'lga kiritdi. Portugaliyalik endi "Roma" uchun ham katta ahamiyatga ega uchinchi maqomdagi evrokubokga sazovor bo'lish arafasida turibdi.

"Roma" — Mourino boshqarayotgan o'ninchi jamoa hisoblanadi. Jozening murabbiylik faoliyatidagi yutuqlari tarixda qoldi, ammo uzoq o'tmishda emas: portugaliyalik so'nggi bor 2017 yil "MYU" bilan Evropa Ligasini qo'lga kiritgan. Murabbiy "top" darajada bo'lishi uchun "sovrinsiz muddati" 5 yilgacha bo'lishi kerak. Ko'plab futbol mutaxassislari Jozeni allaqachon "top" deb hisoblamasliklarini ham eslatib o'tish lozim. Bunga Jozening oxirgi ish joylari ham isbot bo'layotgandek — "Tottenxem Xotspur" va "Roma". Har ikki jamoaga hurmatni saqlagan holda aytish lozim, bu klublar o'zlari ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g'oliblik uchun asosiy nomzodlardan hisoblanmaydi. Mourinoning "Tottexem"dagi davri o'rtamiyona jamoa bilan ishlari o'xshaydimi yoki yo'qligini bilish uchun qaysidir manoda tajriba bo'lgan edi. Lekin "o'rtamiyona klub" bilan ham muvaffaqiyatli yakun bo'lishi mumkin edi, ammo jamoa itoatkor emas, balki turli ambiciyalar orqali natijaga erishishni istardi. "SHporlar" prezidenti Deniel Levi uzoq yillar mobaynida jamoasini buyuklardan biri qilishga harakat qildi va uning urinishlari tahsinga sazovor edi. Biroq Levi o'z harakatlari borasida shoshqaloqlik qiladi va "Tottenxem" murabbiyi va futbolchilaridan tezkor natijalarni talab qiladi. Qolaversa, Levi ham xuddi Joze Mourino kabi og'ir xarakteri bilan mashhur.

Prezident va murabbiy o'rtasidagi ziddiyat borasida rasmiy xabarlar yo'q, ammo Deniel shartnoma muddati tugashidan (2022/2023 yilgacha edi) avval taniqli murabbiyni ishdan bo'shatgan. Mourino uzoq vaqt ishsiz qolib ketgani yo'q va 2021/2022 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Italiyaning "Roma" klubi boshqaruv ruliga o'tirdi va jamoa bilan Konferenciyalar Ligasi finaligacha etib keldi.

2021/2022 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Roma" A Seriyada 6-o'rinni egalladi va kelasi yil Evropa Ligasida ishtirok etishni naqd qilib qo'ydi. Barqaror bo'lmagan natijalardan kelib chiqib, jamoa uchun shu musobaqada ishtirok etish adolatliroqdek. Sababi Mour shogirdlari hozirgi holatida ECHLda munosib harakat qila olmasligi hammaga yaqqol ayon edi.

Jamoa ECHLga chiqa olmaganiga qaramay, Rim klubi ixlosmandlari mavsumni omadsiz deb hisoblashmayapti. Agar "bo'rilar" Konferenciyalar Ligasi finalida g'olib bo'lishsa, muxlislarning "og'zi qulog'ida" bo'lishi aniq: axir ular 14 yil deganda ilk bor mukofot qo'lga kiritish arafisida turishibdi. "Roma" o'yinchilari so'nggi marta 2008 yil boshlari uzra sovrin ko'tarishgandi va u Italiya Kubogi bo'lgan.

"Roma" "Feyenoord" ustidan g'alaba qozonishi uchun imkoniyati ancha yuqori — maqomi, holati, nomi, o'yinchilari va albatta, taniqli murabbiy. Ha, so'nggi paytlar Joze Mourino "top" sifatida ko'rilmayotgan bo'lsa-da, u quyi pog'onalarga tushib ketmaslik uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda va o'zining odatdagi uslubida davom etmoqda: hakam va raqib jamoa murabbiylari bilan janjallashib, futbolchilarini tanqid qilyapti va matbuot anjumanlarida provokacion bayonotlar bermoqda. Ammo klub bilan ishlash jarayonida futbolchilari yuqori darajada o'ynashga loyiqligini takidlashni ham unutib qo'ymayapti.


Nima uchun "Feyenoord"?

Ushbu turnirda muntazam gol urib, ammo shu bilan birga, doimiy ravishda gol o'tkazib yuborgan Konferenciyalar Ligasining eng sarguzashtlarga boy jamoasi — "Feyenoord" qandaydir mo'jiza bilan finalga chiqib oldi. "Feyenoord" KL 18 o'yinida 43ta gol urdi va 20ta o'tkazib yubordi.

"Feyenoord" ushbu musobaqada har uchrashuvda o'rtacha 2,4tadan gol urganini hisobga olib, jamoa hujumchilarining murabbiyi afsonaviy niderlandiyalik forvard Robin van Persi ekani mantiqan to'g'ri. Biroq himoya chizig'ida ancha tartibsizliklar bor — har o'yinda 1,1 o'tkazib yuborilgan to'p: turnir finalchisi uchun unchalik ham yaxshi ko'rsatkich emas.

Etiborlisi, "Roma" ham har o'yinda o'rtacha 1.1tadan gol o'tkazgan (14 bahsda 16ta gol). Ammo "Roma" guruh bosqichida Norvegiyaning "Budyo-Glimt"iga yirik hisobda mag'lub bo'lishi (1:6) jamoa statistikasini barbod qildi. "Roma" ham gol urish borasida "Feyenoord" bilan deyarli bir xil ko'rsatkich qayd etgan — har o'yin uchun 2,3tadan gol (14 o'yinda 32ta gol). Ammo har o'yin 2-3tadan to'p o'tkazib yuborgani uchun gollandiyaliklar ishonchli himoyaga ega bo'lmagan jamoa sifatida taassurot qoldirishdi.

Arne Slot shogirdlari himoya ustida ishlashmagan bo'lsa, Temmi Abraxam, Genrix Mxitaryan, Nikolo Dzanolo va yaxshi niyat Eldor SHomurodov ishtirokidagi "Roma" hujumlariga qarshi chiqishlari ancha qiyin bo'ladi. Biroq "Feyenoord" Mourino jamoasidan biroz ustun tomonlari ham bor: Slot futbolchilari 2-3talab to'p o'tkazib yuborsa ham to'xtash nimaligini bilmay, raqib kabi ko'proq gol urishga, agar imkon paydo bo'lsa, ulardan ham ko'proq darvozani ishg'ol qilishga intilishadi.

Kim sovringa ega chiqadi: Robin van Persi shug'ullantirgan "Feyenoord"ning shafqatsiz hujumi-mi yoki Joze Mourinoning taktikaga urg'u berilgan muvozanatli tarkibimi? 

Bunga Toshkent vaqti bilan 26 may tungi soat 00:00dan guvoh bo'lishni boshlaymiz. Bizni kuzatishda davom eting!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика