UEFA Janubiy Amerikaning 10 ta jamoasi Millatlar ligasiga qo'shilishini tasdiqladi
17 dek 2021 21:07
Yangiliklar


UEFA Janubiy Amerikaning 10 ta jamoasi Millatlar ligasiga qo'shilishini tasdiqladi
UEFA vice-prezidenti Zbignev Bonek 2024 yildan boshlab Millatlar ligasiga Janubiy Amerikadan 10 ta jamoa qo'shilishini tasdiqladi.
"Biz KONMEBOL bilan uchrashuv o'tkazdik, 2024 yildan ularning terma jamoalari Millatlar ligasiga qo'shiladi. Biz hali ham format ustida ishlayapmiz, chunki terma jamoalarning taqvimi cheklangan", — dedi Bonek.
UEFA vice-prezidentining so'zlariga ko'ra, Janubiy Amerikaning kuchli oltita jamoasi 2024 yilda Millatlar ligasining "A" guruhida ishtirok etadi. "B" guruhida yana to'rtta jamoa qatnashadi.
Eslatib o'tamiz, Millatlar ligasining navbatdagi mavsumi Janubiy Amerika jamoalarisiz o'tadi. Avvalgi ikkita musobaqada Portugaliya va Franciya terma jamoalari g'olib bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar