UEFA Evro-2020 o'yinlarini o'tkazish huquqini Rossiyadan olib qo'yishi mumkin
16 okt 2020 09:55
Yangiliklar


UEFA Evro-2020 o'yinlarini o'tkazish huquqini Rossiyadan olib qo'yishi mumkin
Evro-2020 turnirining formati o'zgarishi mumkin. Malumotlarga qaraganda, UEFA hozirgi sharoitlarni hisobga olgan holda, turnir o'tkazuvchi shaharlar sonini qisqartirmoqchi.
Agar shu qarorga kelinadigan bo'lsa, Ozarbayjon poytaxti Boku va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari birinchilardan bo'lib mezbonlik huquqini yo'qotishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, aslida bu yil bo'lishi kerak bo'lgan Evropa chempionati yangi formatda o'tkazilishi lozim edi. Yani qitaning 12 shahrida: Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Baku, Rim, Buxarest, Kopengagen, Amsterdam, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Dublin futbol uchrashuvlari o'tkazilishi kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar