Toshkentda UEFA delegaciyasi ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi
11 mar 2020 14:38
Yangiliklar


Toshkentda UEFA delegaciyasi ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi
Ayni kunlarda UEFA delegaciyasi yurtimizda bo'lib turganidan xabaringiz bor.
UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegaciyasi shu kunlarda O'FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif doirasida O'FA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda, O'FA hamda PFLning har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganilmoqda.
13 mart kuni mazkur tashrif yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. UEFA vakillari bilan bo'ladigan anjuman soat 15:45da “Hilton” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar