UEFA "Arsenal" darvozasiga berilgan penaltining bekor qilinishi bo'yicha bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025, 11:23
UEFA "Real"ga qarshi chorak final javob uchrashuvida "Arsenal" darvozasiga berilgan penaltining bekor qilinishi haqidagi ma'lumot bilan ulashdi.

O'yinning 23-daqiqasida mehmonlar jarima maydonida tartibsizlik yuz berdi. Deklan Rays Asensioning to'pni uzatishidan so'ng Kilian Mbappeni ushlab qoldi va penalti keltirib chiqardi. Biroq VAR brigadasi bilan uzoq muhokamadan so'ng uchrashuv bosh hakami 11 metrlik zarba va Raysga berilgan sariq kartochkani bekor qildi. Sariq kartochka yarim himoyachini yarim finalning ehtimoliy birinchi o'yinidan chetda qoldirishi mumkin edi.

Keyinchalik UEFA hakamning qarorini tasdiqladi va quyidagicha bayonot berdi: 

"Real" foydasiga belgilangan penalti Deklan Rays tomonidan qoidabuzarlik bo'lmagani sababli bekor qilindi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com