UEFA Arnautovichga jazo tayinladi

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021, 21:10
UEFA bugun, 16 iyun kuni Avstriya TJ forvardi Marko Arnautovichga nisbatan o'z qarorini e'lon qildi.

Futbolchi bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. U Evro-2020 ilk turi doirasida SH.Makedoniyaga qarshi uchrashuvda kelib chiqishi albaniyalik bo'lgan raqib futbolchilari Egzon Beytulay va Ezjan Alioskini haqorat qilgan.

Eslatib o'tamiz, avstriyaliklar musobaqadagi navbatdagi o'yinini 17 iyunda Niderlandiyaga qarshi o'tkazadi. Arnautovich esa ushbu bahsda qatnashmaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA