Uebb sobiq futbolchilar hakam bo'lishi kerak deb hisoblaydi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2022, 19:06
U APL hakamlarining yangi rahbari.

Hovard Uebbning fikricha, sobiq futbolchilar hakam bo'lishi kerak.

"Biz odamlar e'tiborini qanday tortish haqida o'ylashimiz kerak. Sobiq futbolchilarni jalb etishda doim muammolarga duch kelganmiz. Lekin shunday futbolchilar borki, ular munosib faoliyat olib borgan va futbolni yaxshi biladi. Ehtimol, ular 20 yoshda va jiddiy jarohat olgandir, bu ularga avvalgidek tez-tez o'ynashga to'sqinlik qiladi.

O'ylaymanki, bazilar bu yo'lni davom ettirish imkoniga ega. Biz sobiq futbolchilarning faoliyati davomida egallagan mahoratlarini inobatga olgan holda ularni chin dildan qutlaymiz. Ammo bu ularda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan boshqa ko'nikmalar mavjud bo'lgandagina mumkin", – dedi APL hakamlar qo'mitasining yangi rahbari.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters