"Udineze" hujumchisi Angliyaga yo'l oladi
12 jan 2020 22:13
Yangiliklar
"Udineze" hujumchisi Angliyaga yo'l oladi
"Udineze" klubi hujumchisi Ignasio Pussetto faoliyatini "Uotford"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqida "Football Italia" nashri xabar qildi. Ingliz klubi tez orada Pussettoning transferi bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi. Ikkala klub ham italiyalik milliarder Jampaolo Poccoga tegishli. SHu tufayli kelishuv jarayonida muammolar yuzaga kelmaydi.
Malumot uchun, "Udineze" forvardi A Seriyaning joriy mavsumida 12 uchrashuvda maydonga tushib, atigi 1 ta gol urgan.
Fikrlar