So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  1 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  81 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Uchta xabar bittada: Lempard rasman istefoga chiqarildi. Santush va Kuman esa terma jamoalarga bosh murabbiy bo'lishdi Yangiliklar

Uchta xabar bittada: Lempard rasman istefoga chiqarildi. Santush va Kuman esa terma jamoalarga bosh murabbiy bo'lishdi

“Everton” rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli Frenk Lempardni ishdan bo'shatdi.

Lempard 2022 yil yanvaridan beri "Everton" ustozi sifatida faoliyat olib borayotgandi.

Mersisaydliklarning joriy mavsumdagi omadsiz o'yinlaridan keyin rahbariyat 44 yoshli mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, "Everton" APLda so'nggi bor o'tgan yilning oktyabr oyida g'olib chiqqandi. G'alabasiz seriya 8 ta uchrashuvga etdi. 20 tur davomida "irislar" atigi 15 ochko to'plab, jadvalda 19-o'rinda turibdi. "Everton"ning navbatdagi o'yini Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bo'ladi.

So'nggi ish joyi Portugaliya TJ bo'lgan Fernandu Santush Polsha terma jamoasi ustoziga aylandi va 2026 yil iyunigacha shartnoma imzoladi. 68 yoshli Santush portugaliyaliklar bilan 2016 yil Evro hamda 2018/19 yilgi mavsum Millatlar Ligasida muvaffaqiyatga erishgandi.

“Barselona”dan istefoga chiqarilganidan keyin 2021 yilning oktyabridan beri ishsiz bo'lgan Ronald Kuman Niderlandiya Tjga qaytdi. U Qirollik futbol associaciyasi bilan 2026 yil iyuniga qadar shartnoma imzoladi. 59 yoshli mutaxassis 1997-1998 yillarda Niderlandiya termasida assistent bo'lib, 2018-2020 yillarda esa murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика