So’nggi yangiliklar

09:55Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин  0 09:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди  1 08:52Нури Шахин: "20 йил ичида биринчи марта таътилда бўлдим"  0 08:20Майкл Кэррик "Манчестер Юнайтед"нинг навбатдаги ғалабасидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 07:45ПСЖ Ямал учун қанча таклиф қилгани маълум  7 07:00АПЛ. "Эвертон" — "Манчестер Юнайтед" 0:1  7 02:55АПЛ. Кэррикнинг мағлубиятсиз серияси давом этади: "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Эвертон"ни мағлуб этди  10 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  9 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  15 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  20 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  10 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  12 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  8 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  7

Uchta o'yinni o'tkazib olaylik, uyog'i bir gap bo'lar Yangiliklar

Uchta o'yinni o'tkazib olaylik, uyog'i bir gap bo'lar

G'alaba va mag'lubiyat orasi bir qadam degan gap bekorga aytilmagan.

To'rt kun oldin Namanganda Gana jamoasini mag'lub etgan terma jamoamiz kecha Toshkentda Iroqqa imkoniyatni boy berib qo'ydi. Gana terma jamoasini ko'rdik, mahalliy klublarda o'ynaydigan futbolchilarni yig'ib kelishibdi. Bizda esa tabir joiz bo'lsa, hozirgi paytning eng kuchli futbolchilari jam bo'ldi. 

Mana shu eng kuchli futbolchilarimiz Iroq bilan o'yinda g'alaba tugul, gol ura olishmadi. Xo'sh, bundan vahima qilish kerakmi? Vahima qilsa ham bo'ladi, qilmasa ham. Vahimali tomoni shundki, biz o'z maydonimizda, o'z muxlislarimiz qarshisida mag'lub bo'ldik va buning ustiga FIFA reytingiga tasir qiladigan o'yinni boy berdik. Bunday holatlar baribir jahlni chiqaradi. 

Vahimasiz tomoni - bu bir o'rtoqlik o'yini edi va unda istalgan hisob qayd etilishi mumkin. Biz eng asosiysi iyun oyida Saudiya Arabistonida bo'ladigan JCH saralash uchrashuvlarida o'zimizni ko'rsatishimiz kerak. Vadim Abramov aytdiki, Saudiyada boshqacha o'yin ko'rsatamiz. Mening ham shunday bo'lishiga ishongim kelyapti. 

Hozir esa yangi murabbiy qidirish kerak, falonchi futbolchilarni olish kerak degan gaplardan foyda yo'q. Xalqimizda kechuvda otlar almashtirilmaydi degan maqol bor. Eson-omon kechuvdan o'tib olaylik, uyog'i bir gap bo'lar. Saralashning 3-bosqichiga chiqa olmasak, shundoq ham murabbiy ketadi. Mabodo chiqsak ham o'zgaradimi? Bu borada obdon bosh qotirishga to'g'ri keladi.

SHunday ekan, hozirgi vaziyatda eng maqul yo'l - uchta rasmiy bahsni o'tkazib olish. Qolgan hammasi bekor. Agar bir bo'lib harakat qilsak, Singapurni ham, Yamanni ham, kerak bo'lsa Saudiyani ham yutishimizga ishonaman. Abramov shunday murabbiyki, u bugun Iroqqa yutqazib, ertaga Saudiyani yutib qo'yishi mumkin. Muhimi, futbolchilar murabbiy aytganini to'g'ri bajarishsa bo'lgani.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика