So’nggi yangiliklar

20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  24 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8

Uchqun Qobilov: "Dinamo" kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilishi kerak" Yangiliklar

Uchqun Qobilov: "Dinamo" kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilishi kerak"

PRO liganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan keyin "Dinamo" klubi direktori Uchqun Qobilov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'zingiz bilasiz jamoamizda o'n kun ichida katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. Jamoa qishda yig'ilganidan beri mana yaqinda yig'ildi. Karantin boshlanib qoldi. Tayyorgarlik maromida bo'lmadi. Ikki hafta davomida ushbu jamoani tayyorladik. Mana shu vaqt davomida ikkita uchrashuvda maydonga tushdik.

CHempionat endi boshlandi. Yuqori o'rinlarni egallashga harakat qilamiz. Samarqand ahlini g'alabalar bilan xursand qilishga intilamiz. Hozirda jamoadagi barcha futbolchilar bilan rasman shartnoma imzolangan. Tarkibdagi bor futbolchilar bilan o'ynaymiz. Lekin, kamchiliklarimiz ko'p. Ikki hafta ichida jamoani tayyorlash o'zi bo'lmas ekan.

Eng kuchli mutaxassislar ham bu borada qiyinchilikka uchrashlari aniq. Xatolar ustida ishlaymiz. Oldinda yana 13ta tur bor. Kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilishimiz kerak. Samarqandga Superliga havosini qaytarishga harakat qilamiz. Transferlar oynasida yana bir nechta futbolchilarni taklif qilamiz. Bu yo'lda harakatlar boshlangan. Maydonda futbolchilar to'p tepadi. Ularni esa biz tayyorlaymiz.

"Neftchi" jamoasi ham katta tarixga ega, tarkibida Superligada o'ynagan futbolchilari bor. Oldinga qarab intilishimiz zarur",- deydi Uchqun Qobilov.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика