Ubaydullo Inoyatullaev: "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ochko yo'qotdik"
10 mar 2017 11:55
Yangiliklar
Ubaydullo Inoyatullaev: "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ochko yo'qotdik"
- Bugun qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Har ikkala jamoada ham darvozalarni ishg'ol qilish uchun bir qator vaziyatlar bo'ldi. Ammo raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkin, biz bugun ochko yo'qotdik. "Qo'qon-1912" tarkib jihatidan kuchli ekanligi ko'rinib turdi, biroq bizda ko'proq yaqqol golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda biz ko'proq imkoniyatga ega bo'ldik, lekin omadsizlik sabab ulardan foydalana olmay, uydagi bahsda ikki ochko yo'qotdik.
Birinchi turda safarda "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchratgan edik. Aytish kerak, o'sha bahsda mehnatimizga yarasha mukofotlandik. Zaxiradan maydonga tushgan jamoadoshlarim o'yinni kuchaytirishdi va albatta murabbiylarimizning ko'rsatmalarini to'liq bajarganimiz g'alabamizning asosiy omili bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar