U23. Osiyo CHempionati. "B" guruhi. Iordaniyada yirik g'alaba
19 may 2015 00:30
Yangiliklar


U23. Osiyo CHempionati. "B" guruhi. Iordaniyada yirik g'alaba
Ushbu guruhning 2-turidagi dastlabki o'yinida pokistonliklar Quvaytga imkoniyatni boy berishgandi. Keyingi bellashuvda esa Iordaniya yoshlari Qirg'iziston yoshlarini yirik 4:0 hisobida mag'lub etishdi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi O'zbekiston U23 olimpiya terma jamoasining keyingi taqdiri ushbu guruhdagi holatga bog'liq bo'lib qolgandi. Ayni paytda Iordaniya U23 hisobida 6 ochko mavjud. Quvaytliklar esa 4 ochko jamg'arishgan. Bu jamoalar so'nggi turda o'zaro to'qnash kelishadi. Quvayt U23 keyingi bosqichga chiqishi uchun g'alaba qozonishi talab etiladi. Iordaniyani esa to'rtta to'p farqidagi mag'lubiyat ham qanoatlantiradi. Bizni esa Iordaniyaning g'alabasi yoki durang natijasi qoniqtiradi. Bo'lmasa Olimpiada orzusi yana kechiktiriladi.
"B" guruhi, 2-tur.
Pokiston U23 - Quvayt U23 0:2
Qirg'iziston U23 - Iordaniya U23 0:4

Fikrlar