U23 Osiyo chempionati. 33 nafar hakam imtihondan o'tdi
09 jan 2016 20:34
Yangiliklar


U23 Osiyo chempionati. 33 nafar hakam imtihondan o'tdi
Xabaringiz bor, 12 yanvar kuni Qatarda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat bo'lgan jamoalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi.
Ushbu musobaqa boshlanishidan oldin unda ishlaydigan hakamlar uchun seminar tashkil etildi. FIFA instruktorlari tomonidan olib borilgan seminar yakuniga ko'ra barcha hakamlar jismoniy testlarni topshirishdi. Imtihonlarda barcha referilar ijobiy baho olishdi va musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Seminar o'tkazganlar orasida hamyurtimiz Farhod Abdullaev ham bor.
Malumot uchun, U23 Osiyo chempionatida o'zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev va FIFA laysmeni Jahongir Saidov ishlashadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu 12 yanvarda boshlanadigan chempionatda Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
16:00
Pedru Moreyra "Al Hilol"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) 15

Fikrlar