So’nggi yangiliklar

12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  0 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  2 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  0 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  1 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   3 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  10 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  3 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  18 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  4 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1

U Ronalduning o'rniga gol urdi. Gonsalu Ramush bilan tanishamiz Yangiliklar

U Ronalduning o'rniga gol urdi. Gonsalu Ramush bilan tanishamiz

Allaqachon APLdan qiziqish bor.


"Benfika"ning 21 yoshli o'yinchisi Gonsalu Ramush Portugaliyaning asosiy tarkibida Krishtianu Ronalduning o'rnini egalladi. Uning qanday ko'rinishga ega ekanligini bilgan bo'lishingiz ehtimoli past, ammo endi aniq eslab qoldingiz – forvard SHveycariya (6:1)ga uchta urdi va jamoasining chorak finalga chiqishiga yordam berdi.

"Nima deyishni ham bilmayman. Asosiy tarkibdagi ilk o'yinda uchta gol – bunga ishona olmayman. Yana asosiy tarkibda chiqamanmi yoki yo'q, buni bilmayman", – dedi Ramush o'yindan so'ng.

Albatta, undan Ronaldu haqida so'rashdi.

"Krishtianu men bilan barcha kabi gaplashadi. U sardorimiz va doim yordam berishga tayyor", – deb javob qaytardi forvard.

Qiziqarli, ammo pley-offga qadar Ramush JCHda atigi 10 daqiqa o'ynadi – Ganaga qarshi 2, Urugvay bilan 8, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda esa zaxiradan tushmadi. Fernandu Santush o'zining maxfiy qurolini pley-off uchun saqlab qo'ygandi!

Ramush – JCH pley-offlarida Eysebio vaqtlaridan beri o'yinda bittadan ko'p gol urgan ilk portugaliyalik.



Kim o'zi u? Keling tanishamiz!

• Ramush – "Benfika"ning markaziy hujumchisi. Bo'yi 185 sm. Yoshi 21da. Tug'ilgan joyi – Olyan (Portugaliya janubidagi shahar).

• Gonsalu – "Farense" sobiq o'yinchisi Manuel Ramushning o'g'li. Otasi 2000-yillar o'rtalarida kuchli bo'lmagan jamoalarda vinger bo'lgan, kichik Ramush esa otasining o'yinini ko'rmaganini tan oladi. "Ammo, aynan u meni futbolga bo'lgan mehrni bergan".


• Ramush 13 yoshida "Benfika" akademiyasiga keldi. Va porladi!

Portugaliya klubi 2018/19 yilgi mavsum UEFA o'smirlar ligasi (18 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar uchun CHL analogi)da finalga qadar etib bordi, Ramush esa turnirning eng yaxshi to'purari bo'ldi.



Gonsalu Portugaliyaning turli terma jamoalarida ham yaxshi harakat qildi. Portugaliya 2019 yilda U-19'ning finaliga qadar etib bordi va Ramush 3ta o'yinda 4ta gol urgan holda yuqori natija qayd etdi. 2 yildan so'ng esa Evro U-21 finali bo'ldi – Ramush u erda asosiy tarkibda emasdi, ammo Italiyaga qarshi chorak finalda muhim golni urdi.


Ramush 2019/20 yilgi mavsum asosiy tarkibda porladi: hujumchi bir yo'la "Benfika"ning to'rt turli jamoasi uchun gol urdi: yoshlar, U-23, o'rinbosarlar va asosiy. SHu bilan birga kattalar safidagi debyut omadli chiqdi – u o'yin so'nggida maydonga tushib, 3 daqiqa ichida "Avesh" darvozasiga dubl qayd etdi.


• Bu yigitgacha ishonch bildirishdi – "Benfika" iqtidorli futbolchilarni ko'ra oladi. Ammo, faqatgina 2022 yilga kelib asosiy tarkibga kirdi. Ramush bahorda "Enfild"da "Liverpul"ga (Klopp o'yindan so'ng Darvinni oldi, boshqa forvardni ko'rish kerak edi) gol urdi.


ECHL. "Liverpul" - "Benfika" 3:3 (VIDEO)


"Benfika" Nunes ketganidan so'ng unga o'rinbosar qidirishga tushmadi va Gonsaluga ishonch bildirdi. Va u buni oqlamoqda: chempionatida 9ta (eng yaxshi to'purar), CHL saralashida 4ta va CHLda 1ta (ammo birinchi o'rinni olgan jamoa asosiy tarkibida) gol urdi. SHuningdek, 6ta assistni qo'shimcha qilamiz – bu 21 yoshli o'yinchi uchun mavsumning yarmi!


Santush Ramushdan hayratda. U terma jamoada debyut qilganiga bir oy ham bo'lmagan


Aynan so'nggi muvaffaqiyatlar sabab Fernandu Santush Ramushga ishondi va JCHga oldi – hujumchi terma jamoada faqatgina 17 noyabrda (Nigeriya bilan o'rtoqlik o'yini) debyut qildi. Aytgancha, Ramush o'sha o'yinda gol urdi va zaxiradan maydonga tushgan Joau Mariuga assistentlik qildi.

SHveycariyaga qarshi o'yin – Gonsalu uchun xalqaro darajadagi ilk asosiy tarkibdagi bahs. Murabbiy noyabr oyidayoq Ramush va Antonio Silva ("Benfika"ning yana bir iqtidori, himoyachi) kabi yoshlarning foydasi haqida gapirgan.

"Ular men kutgan narsani qilishmoqda. Biri gol uradi, boshqasi raqibga gol urishga qo'ymaydi. Va ularning ikkisi ham ishini ajoyib darajada qilmoqda".



Ramushni ko'proq Krishtianu Ronaldu bilan emas, Tomas Myuller bilan taqqoslashadi. Gonsalu raqib himoyachisida ideal tarzda bo'sh hududlarni topadi – u nafaqat hujumni yakunlaydi, balki sheriklariga ham yordam beradi.

Ramush shu bilan birga o'yinni olib borish, yakunlash va pressingda yaxshi – so'nggi jihatni unda "Benfika" murabbiyi rivojlantirmoqda. "Ha, men gol uraman, ammo bu bilan mening repertuarim cheklanmaydi – doim ham hujumchi bo'lmaganman", – deydi Ramush.

Gonsalu – ko'p jihatlarda Portugaliya chempionatidagi o'yinchilar orasida birinchi qatorda: raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olish, to'pni olib qo'yish, pressing, kutilgan gollar.

Ramushni hozirda yana bir afsonaviy nemis bilan solishtirish mumkin. U JCHdagi ilk asosiy tarkibidagi o'yindayoq xet-trik qilgan – Gonsaluga qadar bunday ishni 2002 yilda Miroslav Kloze qila olgan. Ha, Miro buni guruhda Saudiya Arabistoni bilan qilgan, Ramush esa pley-offda SHveycariya bilan.


Yozdayoq Ramush uchun APL klublari kelgandi


O'shanda "Vulverxempton" (boshqa kim ham bo'lishi mumkin!), "Nyukasl", "Everton" va "Sautgempton" kelishgandi, ammo "Benfika" muzokaralarni Jorje Mendeshning o'zi olib borgan bo'lsa ham, 25 million evrolik taklifni qabul qilmagan.


VIDEO  JCH-2022. Portugaliya - SHveycariya 6:1 


Kuzdayoq "Manchester Yunayted"ning qiziqishi haqida gap-so'zlar yangradi. Ramush Erik ten Xag jamoasida ham Krishtianuning o'rnini egallashi qiziq bo'lardi. Endi portugaliyaliklar jasorat bilan butun tovon pulini so'rashlari mumkin – bu esa 100 million evro!


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика