So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  9 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

U nimadan bunchalik xotirjam? Katanec va O'zbekiston ko'p narsaga qodir - Aleksandr Krestinin bilan intervyu Yangiliklar

U nimadan bunchalik xotirjam? Katanec va O'zbekiston ko'p narsaga qodir - Aleksandr Krestinin bilan intervyu

Ayni kunlarda Tashkent shahrida OFKning "PRO" diplomi bo'yicha oxirgi moduli bo'lib o'tmoqda.

Tahsil olayotgan murabbiylar orasida Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin ham borligini takidlash joiz. Superliganing 9-turi doirasidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatgan rossiyalik mutaxassis saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga intervyu berdi.




Krestinin dastlab o'qish jarayonlari bilan o'rtoqlashdi.
- Hammasi ko'ngildagidek ketmoqda. Toshkentda o'quv jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buning uchun instruktorlar, O'zbekiston futbol associaciyasiga rahmat aytaman.

- Qirg'iz Respublikasining saralash bahslariga tayyorgarligi qanday ketmoqda? Guruhdagi imkoniyatlar va raqiblar haqida nima deya olasiz?
- 23 may sanasidan boshlab o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlaymiz. Rejamizdan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ham o'rin olgan. Muhim va rasmiy o'yinlarga puxta hozirlik ko'ramiz. Guruhdagi raqiblarni o'rganyapmiz. Singapur, Myanma va qo'shni Tojikiston bilan o'yinlar qiziqarli kechishi shubhasiz. O'ylaymanki, guruhdagi imkoniyatlarimiz yaxshi. Bizdan hamma natija kutmoqda. CHunki saralash bahslarini o'zimizda qabul qilamiz.

- Qirg'iz Respublikasi singari O'zbekiston ham saralash raundida ishtirok etishiga to'g'ri keladi. Bu borada Srechko Katanec boshchiligidagi termamizning hozirgi salohiyatini qanday baholaysiz?
- O'zbekiston terma jamoasini kim va qaysi murabbiy boshqarmasini salohiyati doim yuqori bo'lib kelgan. Bundan keyin ham shunday bo'ladi. Boisi mamlakatingizda yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Ular bilan har bir musobaqada maksimal natijaga erishish mumkin. Katanec va O'zbekiston ko'p narsalarga qodir.



- "Bunyodkor"da zaxirada qolayotgan Odiljon Abdurahmonovning holati sizni havotirga solmayaptimi? CHunki zaxirada o'tirgan futbolchi bilan 90 daqiqa to'p tepayotgan o'yinchining formasida farq bo'ladi...
- Terma jamoaga hamma turlicha holatda keladi. Klubda bir maromda ushlab turishingiz mumkin. Ammo terma jamoa klub emas. Men bundan muammo ko'rmayapman va xotirjamman. SHunga qarab ish tutamiz.

- "Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvini stadiondan kuzatdingiz. O'yin borasidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Aynan qaysi jamoaning harakatlari etiboringizni tortdi?
- Ikki jamoa ham ikki hil taktikada maydonga tushdi. "Lokomotiv" himoyani mustahkamlashga etibor qaratgani ko'rinib turdi. Qarang, ularning birinchi bo'limda uyushtirgan 2ta hujumi ham gol bilan yakunlandi. "Olimpik"ka shu narsa etishmadi. Muhimi jamoalar sifatli futbol ko'rsatishdi.

- Samimiy suhbat uchun tashakkur.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика