So’nggi yangiliklar

08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  1 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  6 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  5 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  7 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  3 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  2 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  11 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10

U "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted"ga ko'proq mos tushardi. Timo Vernerdan noto'g'ri foydalanishyaptimi? Yangiliklar

U "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted"ga ko'proq mos tushardi. Timo Vernerdan noto'g'ri foydalanishyaptimi?

"CHelsi"ning muvaffaqiyatsizliklariga aslida kim yoki nima sabab bo'lmoqda?

Timo Vernerning jismoniy holati oxirgi vaqtlarda bot-bot tilga olinmoqda. Bugun germaniyalik forvard nega Frenk Lempard qo'l ostida ochilib keta olmayotgani borasida suhbatlashamiz.

"CHelsi" "Lester"ga mag'lub bo'lgach, Lempard boshi uzra "bulutlar to'planib qoldi" va turli mish-mishlar har burchakdan yangray boshladi. "SHirin so'zlar"ning bir qismi Timo Verner manziliga yo'llandi. O'tgan mavsumning shu qismida u "Leypcig" safida Bundesligada 20ta gol urib ulgurgandi. 

Aynan shu kabi samaradorligi uchun ham "CHelsi" unga etibor qaratgandi. Oradan bir yil o'tib, APLda u faqatgina 4ta gol urdi. Futbolchini himoya qilishni istaganlar uchun "bahona" ham yo'q emas: bu 24 yoshli hujumchi uchun begona mamlakatdagi birinchi mavsum, yangi liga nisbatan tajovuzkorroq va unda o'ylash uchun ko'p vaqt qoldirishmaydi. Ammo Lempard 57,6 million funt sterlingga xarid qilinayotgan futbolchidan hozirgidan ko'proq narsa kutgani aniq. Klubdagi ko'pchilik gol uruvchi mashina sotib olinyapti deb taxmin qilgandi. Ammo amalda ko'pincha bo'ladigan ish bo'ldi, yani nimadir rejadagidek ketmadi va barchasi murakkab bo'lib chiqdi.

"Ko'klar" muxlislari Vernerni muvaffaqiyatli o'yinlarini ham unutmasliklari lozim. APL 5-tur doirasida "Sautgempton" bilan o'yinda Timo dubl va golli uzatma bergandi. Kimlardir o'sha uchrashuvdan keyin "Mana hammamiz kutgan Verner qaytdi" degandi. Undan keyingi uchta o'yinda futbolchi yana ikkita gol urdi. Ammo... Verner 11 o'yin avvalgi "SHeffild Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin hozircha gol urolmadi. Va bu holat faqat Frenkni o'ylantirmayotgani aniq.

Xo'sh, muammo nimada? Kim nima desa desin-u, lekin aynan shu yigit "Leypcig" safida 159 o'yinda 95ta gol urgan-ku! Angliyada ham u yomon boshlamagandi, ammo keyin nimadir bo'ldi. Natijada savol tug'iladi, balki murabbiylar shtabi Vernerdan o'shandagidek samarali foydalana olmayotgandir? SHunchaki futbolchi optimal sport formasida emas deyish ham yaramaydi, sababi shuncha paytdan buyon yuqori darajada o'ynagan futbolchi birdan buncha muddatga sport formasini yo'qotishi mushkul vazifa. Angliyadagi hayotga ko'nikish? Nahotki u Germaniyadagidan shunchalik farq qilsa? Balki "CHelsi" Vernerdan foydalanishni bilmayotgandir? Misol uchun, "Sautgempton" ustozi Ralf Xazenxyuttl, murabbiy va Verner "Leypcig"da ikki yil davomida birga ishlagan, aynan oxirgi variantda to'xtayapti.

"Men Timoni bilaman, — deydi Xazenxyuttl. – Men Verner u qadar yaxshi holatda bo'lmagan vaqtlarda ham ko'rganman. Bunga esa o'yin tizimi unga mos kelmasligi sabab bo'lardi. Jamoa ko'rsatayotgan o'yinda u o'zini ko'rsata olmasdi. Bu futbolchi shunday tipga kiradiki, jamoa o'yinini unga moslashtirish zarur. Agar siz buni bajarsangiz, u sizga hujumchidan kutiladigan barchasini bera oladi".

"Leypcig"da asosiy qurol kim degan savolning javobi aniq edi. Turli sxemalar qo'llanilardi. Bazan Verner hujumning chap qanotida paydo bo'lardi. Bazan orqaroqda, bazida esa oldingi chiziqda, lekin yonida sherik bilan, odatda mehnatkash Yussef Poulsen bilan harakat qilardi. Biroq bu sxemalarning barchasida Verner raqibga imkon qadar kattaroq zarar etkazishi uchun imkon yaratish maqsad qilinardi.

O'tgan mavsumdagi ECHL 1/8 finalida "Tottenxem" va "Leypcig" to'qnashuvini yodga olsak. Birinchi uchrashuvda nemislar 1:0 hisobida, aynan Vernerning penaltidan kiritgan goli evaziga zafar quchishgandi. O'sha o'yindan keyin Yulian Nagelsmann Timoni chap qanotga ko'chirdi va "shporlar" himoyasining kerakli nuqtasiga bosimni oshirdi — bu nuqtada Mourino na Orega, na Tangangega to'liq ishona olmasdi. Qarshi hujumlarda Verner ijrosida o'sha zonadan muntazam bosim londonliklarning asabiga tegardi, lekin parallel ravishda ular hujum qilish va gol urishlari ham zarur edi. Natijada ular omadsizlikka uchrashdi - 0:3. Verner shu kecha gol urmadi, ammo umumiy g'alabada hal qiluvchi rolni o'ynadi. Nagelsmann asosiy figurasini qanday ishlatishni yaxshi bilardi, shu sababli gol urmasa-da, hujum markazida bo'lmasa-da, aynan u katta foyda keltirdi.

"CHelsi"da hozircha bunday aniq fikr yo'q. Lempard hali ham jamoasi uchun optimal tarkibni tanlay olmagandek. U tadqiqotlarni davom ettirmoqda. Vernerni markazdan chap qanotga o'tkazishdi, hattoki o'ng qanotga ham ko'chirib ko'rishdi. Lekin Nagelsmann yoki Xazenxyuttlda bo'lgani kabi aniq fikr, reja bilan emas, shunchaki nimanidir o'zgartirib ko'rish uchun qilingandek. Qayd etish lozim Jiru va Abraxamning holati ham shunga o'xshash. Francuz markaziy hujumchi rolida Premer-Liganing besh o'yinida harakat qildi, Temmi – sakkiz marta. Lempard nimani istayotgani va jamoa qanday harakat qilishini xohlashini o'zi tushunib, shogirdlariga tushuntirmasa, hujum chizig'i vakillari imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi mushkul. Ayniqsa gap nafaqat jamoaga, balki chempionatga ham endigina kelgan futbolchi haqida ketayotgan bo'lsa... "CHelsi"da hozirgi daqiqaga kelib Vernerdan bir bosh ustun hujumchi bo'lmasa-da, Lempard hujum tizimini Timo atrofida qurishni istamayapti.

"Ko'klar" to'pga egalik qilish bo'yicha APLda to'rtinchi ko'rsatkichni qayd etmoqda. Verner "Leypcig"dalik davrida jamoa Bundesligada aynan shu kabi natija qayd etardi. Bu erda barchasi mos tushmoqda. Lekin Lempard jamoasi to'pga maydonning uchinchi qismida egalik qilish bo'yicha ligada 14-o'rin va raqib maydonida pressing bo'yicha bor yo'g'i ettinchi. Ish hujum chizig'ida tezkor kombinaciya va to'p yo'qotilgach, u uchun darhol kurashga kirishishga etganda – "CHelsi" ortga qaytadi. Verner esa o'sha pressingga va tezroq o'ynashga o'rgangan. APL statistikasi bo'yicha germaniyalik futbolchiga MYU, "Liverpul" yoki "Sautgempton" ko'proq mos kelardi. Ushbu jamoalar oldingi chiziqdagi o'yini bo'yicha "Leypcig"ga ko'proq o'xshaydi.

SHu o'rinda yana bir muhim omilni qayd etish lozim. Verner hozircha hammasidanam ko'proq o'zi bilan o'zi kurashayotgandek... Timo foydalanilmagan "qulay imkoniyatlar" bo'yicha chempionatda faqat Bemford, Vud va Uotkinsga imkoniyatni boy beryapti. APLda Verner to'qqizta yaqqol imkoniyatni ko'kka sovurgan deb qayd etilgan. Germaniyada ham Verner o'ta sovuqqonligi bilan ajralib turmasdi, lekin u erda imkoniyatlarning umumiy soni o'z-o'zidan ko'proq edi. Tezligi, harakatlari va temp evaziga Verner qolganini yopib ketardi. 

Vaziyatlar doim uning hamrohi bo'lgan. Bittasidan foydalanmasa – boshqasi kelardi. Agar Lempard rejalarini ko'rib chiqsa va ularda Verner uchun alohida rol topilsa, Timo o'z kuchiga ko'proq ishona boshlaydi va vaziyatlar ham paydo bo'ladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика